Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Xalqaro valyuta jamğarmasi (XVJ) pensiya islohotini Özbekiston iqtisodiyoti va moliya bozorini yana-da rivojlantiriş uçun zarur bölgan asosiy yönalişlardan biri deb hisoblaydi. XVJning mamlakatdagi doimiy vakili Koba Gvenetadzening ta’kidlaşiça, islohot uçun zarur hujjatlar tayyorlangan bölsa-da, amalda u hali boşlanmagan. Bu haqda u Özbekiston Markaziy bankida bölib ötgan mintaqaviy iqtisodiy prognoz taqdimotida ma’lum qildi.
Mamlakatda islohotlarning birinçi bosqiçi yakunlanganidan keyin iqtisodiy ösişning yangi modelini muhokama qiliş jarayonida pensiya tizimi masalasi ham kötarildi.
Jahon bankining Toşkentdagi katta iqtisodçisi Pinar Yaşarning ta’kidlaşiça, avvalgi özgarişlar nisbatan aniq vazifalar bilan boğliq bölgan. Ular qatoriga valyuta kursi va narxlarni liberallaştiriş, şuningdek, mavjud tösiqlarni bartaraf etiş kiradi.
Uning sözlariga köra, iqtisodiy ösişga tösqinlik qilayotgan asosiy omillarni keyingi bosqiçda aniqlaş ança murakkab vazifaga aylanadi.
Gvenetadze yana-da çuqur özgarişlarni talab qiladigan bir neçta yönalişni sanab ötdi. Ular orasida mehnat bozori, ta’lim, energetika, raqamlaştiriş va sun’iy intellekt bor.
XVJ vakili pensiya tizimiga alohida töxtaldi.
«Makroiqtisodiyot uçun ahamiyatga ega bölgan va ayni vaqtda moliya sektorini rivojlantiriş uçun ham muhim hisoblangan yönalişlardan biri — pensiya islohotidir. Aslida, u hali boşlanmagan, ammo uning uçun asos yaratadigan hujjatlar allaqaçon mavjud. Bu yönalişni ham rivojlantiriş zarur», — dedi u.
Gvenetadze, şuningdek, makroiqtisodiy barqarorlik islohotlarni amalga oşirişning özgarmas şarti bölib qolişi kerakligini ta’kidladi. Uning sözlariga köra, makroiqtisodiy barqarorlik mamlakatga turli iqtisodiy zarbalarni yengib ötişda yordam beradi.
Pensiya tizimining moliya bozori rivojlanişi bilan boğliq jihatlariga Markaziy bank raisining örinbosari Nodirbek Açilov ham töxtaldi.
Uning ma’lum qilişiça, Iqtisodiyot va moliya vazirligining milliy valyutadagi qarz mablağlarini jalb qiliş qiymati sezilarli darajada pasaygan. Aprel oyida sömda joylaştirilgan obligatsiyalar daromadliligi 12,25 foizni taşkil etgan bölsa, hozirda bu körsatkiç taxminan 9 foiz darajasida.
Açilovning sözlariga köra, pasayiş omillaridan biri Özbekistonning GBI indeksiga kiritilişi bölgan.
U, şuningdek, xalqaro moliya institutlari içki bozorda sömdagi obligatsiyalarni çiqarişni rejalaştirayotganini qayd etdi. Kapital bozori rivojlanib borişi bilan mamlakat içida mavjud bölgan moliyaviy resurslar hajmi ham ortib boradi.
Jahon amaliyotida jamğarib boriladigan pensiya tizimlari uzoq muddatli moliyalaştiriş manbalaridan biri hisoblanadi. Bunday fondlar mablağlarni milliy valyutadagi davlat va korporativ obligatsiyalarga investitsiya qilişi mumkin. Bu esa uzoq muddatli qimmatli qoğozlarga bölgan talabni ta’minlaydi.