Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Istanbul şahrida Özbekiston Respublikasi Turizm qömitasi raisi Abdulaziz Akkulovning Turkiş Airlines aviakompaniyasi Boşqaruv kengaşi va Ijroiya qömitasi raisi, professor Murat Şeker hamda aviakompaniyaning tijorat masalalari böyiça direktori Ahmet Harun Bastyurk bilan uçraşuvi bölib ötdi.
Muzokaralar davomida aviakompaniyaning keng xalqaro yönalişlar tarmoği orqali Özbekistonning turistik salohiyatini tarğib qiliş, amaldagi aviaqatnovlardan samarali foydalaniş, xorijiy sayyohlar oqimini köpaytiriş, MICE-turizm sohasidagi hamkorlikni kengaytiriş va yangi qöşma loyihalarni amalga oşiriş masalalari muhokama qilindi.
Şuningdek, maxsus turistik paketlar va aviaçiptalar uçun aksiyaviy tariflarni işlab çiqiş, xorijiy turoperatorlar bilan B2B uçraşuvlar ötkaziş, xalqaro reklama va axborot tadbirlarini taşkil etiş böyiça kelişuvlarga erişildi.
Uçraşuv yakunida Turizm qömitasi va Turkiş Airlines örtasida Özbekistonning turistik salohiyatini xalqaro bozorlarda tarğib qiliş hamda mamlakatga sayyohlar oqimini oşirişga qaratilgan özaro anglaşuv memorandumi imzolandi.
Hamkorlik doirasida xorijiy bozorlarda qöşma reklama kampaniyalarini ötkaziş, Özbekistonning tarixiy-madaniy merosi va turistik diqqatga sazovor joylari haqida videomateriallar tayyorlaş, xorijlik blogerlar va jurnalistlar uçun axborot safarlarini taşkil etiş közda tutilgan.
Turkiş Airlines aviakompaniyasi parvozlarni amalga oşiradigan, biroq Özbekiston milliy aviakompaniyalari qatnamaydigan yönalişlarda mamlakatning turistik salohiyatini birgalikda tarğib qilişga alohida e’tibor qaratiladi.
Şuningdek, mamlakatning asosiy turistik şaharlariga yölovçilar oqimini köpaytiriş maqsadida aviaçiptalar uçun mavsumiy aksiyalar va qöşimça imtiyozlar joriy etiş rejalaştirilgan.
Özbekistonni jozibador turistik yönaliş sifatida tarğib qiliş aviakompaniyaning axborot kanallari, elektron xabarnomalari, mobil ilovalari va mijozlar uçun möljallangan sodiqlik dasturlari orqali ham amalga oşiriladi.
Ma’lumot uçun, Turkiş Airlines aviakompaniyasi dunyoning 133 ta mamlakatidagi 358 ta yönaliş böyiça parvozlarni amalga oşiradi. 2025 yilda aviakompaniya 92,6 million nafar yölovçiga xizmat körsatgan.
Mazkur hamkorlik Özbekistonning xalqaro turistik bozordagi taniluvçanligini oşiriş va mamlakatga xorijiy sayyohlar oqimini jalb qilişga xizmat qiladi.