Turizm

Özbekiston Yaponiyadan keladigan sayyohlar oqimini oşirmoqçi

Özbekiston Yaponiyadan keladigan sayyohlar oqimini oşirmoqçi
Özbekiston Yaponiyadan keladigan sayyohlar oqimini oşirmoqçi / Foto: Özbekiston Respublikasi Turizm qömitasi matbuot xizmati.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston va Yaponiya turizm sohasidagi hamkorlikni kengaytiriş, respublika sayyohlik salohiyatini Yaponiya bozorida tarğib qiliş hamda sayyohlar sonini oşiriş masalalarini muhokama qildi.

Uçraşuv Özbekiston elçixonasida Yaponiya Turistik agentliklari assotsiatsiyasi (JATA) raisi, Kaze Travel Co., Ltd. kompaniyasi prezidenti Yudzi Xara bilan bölib ötdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Muzokaralar davomida tomonlar ikki mamlakat turistik kompaniyalari örtasidagi aloqalarni mustahkamlaş va Yaponiyada Özbekistonning turistik mahsulotlarini tarğib qiliş imkoniyatlarini körib çiqdi.

Yaponiya tomoni sayyohlarning Özbekistonning tarixiy şaharlari, milliy madaniyati va gastronomik merosiga qiziqişi yuqori ekanini ta’kidladi. Şuningdek, 2026 yil iyun oyida Yaponiya turistik kompaniyalari uçun Özbekistonda taşkil etilgan tanişuv sayohati ham ijobiy baholandi.

Uçraşuvda Tourism EXPO Japan xalqaro turistik körgazmasiga alohida e’tibor qaratildi. Unda Özbekistonning milliy turistik mahsulotlarini taqdim etiş va respublikaning yapon sayyohlari uçun jozibadorligini oşiriş imkoniyatlari muhokama qilindi.

Yana bir muhokama mavzusi ikki mamlakat örtasida töğridan-töğri aviaqatnovlarni rivojlantiriş böldi. Tomonlar bu yönaliş Yaponiyadan keladigan sayyohlar oqimini köpaytirişda muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etdi. Şuningdek, turoperatorlar örtasida işbilarmonlik aloqalarini kengaytiriş va kasbiy tajriba almaşiş masalalari yuzasidan fikr almaşildi.

Yaponiya Özbekiston turizm sohasi uçun istiqbolli bozorlardan biri bölib qolmoqda. Keltirilgan ma’lumotlarga köra, 2025 yilda respublikaga Yaponiyaning qariyb 32 ming nafar fuqarosi taşrif buyurgan. 2026 yil yanvar–sentyabr oylarida esa yapon sayyohlari soni 36 ming nafardan oşgan. Bu ötgan yilning mos davriga nisbatan 53,3 foizga köp.

Uçraşuv yakunida tomonlar turistik aloqalarni yana-da rivojlantiriş hamda Yaponiya jamoatçiligini Özbekiston böylab sayohat qiliş imkoniyatlari haqida kengroq xabardor qilişdan manfaatdor ekanini tasdiqladi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.