Turizm

Toşkent 2027 yilda turkiy dunyoning turistik poytaxti böladi

Toşkent 2027 yilda turkiy dunyoning turistik poytaxti böladi
Toşkent 2027 yilda turkiy dunyoning turistik poytaxti böladi / Foto: Özbekiston Respublikasi Turizm qömitasi matbuot xizmati.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — 2027 yilda Toşkent turkiy dunyoning turistik poytaxtiga aylanadi. Mazkur maqomning ramziy kaliti 7 noyabr kuni Istanbulda bölib ötgan marosimda Özbekiston Turizm qömitasi raisi Abdulaziz Akkulovga topşirildi.

Kalitni topşiriş marosimi VI Xalqaro «Qörqut ota» turkiy dunyo kinofestivalining yopiliş va taqdirlaş tadbirlari doirasida bölib ötdi. Turkiya madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy 2026 yilda turkiy dunyoning turistik poytaxti maqomiga ega bölgan Anqaraning ramziy kalitini özbek tomoniga topşirdi.

Mehmet Nuri Ersoy Özbekistonning tarixiy-madaniy merosi, an’analari va turistik salohiyatini alohida ta’kidladi. Uning sözlariga köra, yangi maqom turkiy davlatlar örtasidagi turistik aloqalarni rivojlantiriş uçun qöşimça imkoniyatlar yaratadi.

Abdulaziz Akkulov festival iştirokçilarini tabriklab, turkiy mamlakatlar vakillarini kelgusi yili Toşkentga taşrif buyurişga taklif qildi.

Şuningdek, u kinematografçilarga Özbekistonga keliş va öz ijodiy işlari orqali mamlakatning tarixiy şaharlari, tabiati hamda madaniy merosini xalqaro auditoriyaga tanitiş taklifini bildirdi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.