Turizm

Hilton va Holiday Inn Buxoroda ilk mehmonxonalarini oçadi

Hilton va Holiday Inn Buxoroda ilk mehmonxonalarini oçadi
Hilton va Holiday Inn Buxoroda ilk mehmonxonalarini oçadi / Foto: Özbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Xalqaro mehmonxona tarmoqlari Hilton va InterContinental Hotels Group Buxoroda özining ilk mehmonxonalarini oçişni rejalaştirmoqda. Ayni paytda şaharda Hilton Garden Inn va Holiday Inn brendlari ostidagi mehmonxonalar, şuningdek, kongress-xoll qurilmoqda. Uşbu loyihalarga kiritiladigan investitsiyalarning umumiy hajmi 136,6 million dollarni taşkil etadi.

Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga işçi safari doirasida mazkur obyektlarning quriliş jarayoni bilan tanişdi. Bu haqda davlat rahbarining rasmiy veb-sayti xabar berdi.

Hilton Garden Inn mehmonxonasi 212 ta xonaga möljallangan. Uning qurilişiga kiritiladigan investitsiyalar 37 million dollarga baholanmoqda. Yetti qavatli binoning asosiy konstruksiyalari allaqaçon barpo etilgan. Hozirda içki devorlarni quriş, muhandislik kommunikatsiyalarini ötkaziş va fasadni pardozlaş işlari olib borilmoqda.

Yana bir yetti qavatli, 212 xonali mehmonxona InterContinental Hotels Group portfeliga kiruvçi Holiday Inn brendi ostida faoliyat yuritadi. Loyihaning qiymati 39,6 million dollarni taşkil etadi. Mehmonxona yonida ikki qavatli biznes-markaz qurilmoqda. Ayni paytda uning yer osti qismida betonlaş işlari yakunlaniş arafasida.

Bundan taşqari, Buxoroda umumiy maydoni 14,5 ming kvadrat metr bölgan kongress-xoll barpo etilmoqda. Uşbu loyihaga 60 million dollar investitsiya kiritiladi.

Obyektda betonlaş işlarining asosiy qismi yakunlangan. Hozirda taşqi muhandislik kommunikatsiyalarini ötkaziş, fasad va tom qismini quriş işlari davom etmoqda.

Taqdim etilgan ma’lumotlarga köra, Hilton Worldwide Holdings tarmoği hozirda Özbekistonda Toşkent va Samarqand şaharlarida joylaşgan 10 ta mehmonxonani boşqarmoqda.

InterContinental Hotels Group esa mamlakatda Toşkent şahridagi bitta mehmonxona orqali taqdim etilgan.

Yangi loyihalarning amalga oşirilişi xalqaro mehmonxona operatorlarining Buxoro turistik sektoridagi iştirokini kengaytirişga xizmat qiladi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.