Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Rossiyaning Özbekistondagi savdo vakolatxonasi Buryatiya Respublikasi delegatsiyasining Özbekiston Yengil sanoatni rivojlantiriş agentligi vakillari bilan işçi uçraşuvini taşkil etdi. Tomonlar sohadagi hamkorlikni kengaytiriş va qöşma loyihalarni amalga oşiriş istiqbollarini muhokama qildi. Bu haqda Rossiyaning Özbekistondagi savdo vakolatxonasi xabar berdi.
Muzokaralarda Rossiya tomonidan bolalar tovarlari işlab çiqaruvçi “Stroybit” MÇJ (Little Elf brendi) hamda maxsus, işçi va formali kiyimlar işlab çiqarişga ixtisoslaşgan “Uniforma” kompaniyasi vakili, yakka tartibdagi tadbirkor E. A. Masliçenko iştirok etdi.
Özbekiston agentligi vakillari mamlakat yengil sanoatining bugungi holati va uni rivojlantiriş istiqbollari haqida ma’lumot taqdim etdi.
Agentlik ma’lumotlariga köra, Özbekistonda işlab çiqarilayotgan tayyor töqimaçilik mahsulotlarining qariyb 60 foizi Rossiya bozoriga yetkazib beriladi. Rossiya özbek töqimaçilik mahsulotlari eksportining asosiy yönalişlaridan biri bölib qolmoqda.
Uçraşuv iştirokçilari şartnoma asosida işlab çiqarişni taşkil etiş, Rossiya kompaniyalarining işlab çiqariş quvvatlarini Özbekistonda mahalliylaştiriş hamda Buryatiya bilan respublika örtasida sanoat kooperatsiyasini rivojlantiriş imkoniyatlarini körib çiqdi.
Şuningdek, Rossiya kompaniyalari va Özbekiston işlab çiqaruvçilari örtasida muzokaralar bölib ötdi. Unda hamkorlikning istiqbolli yönalişlari va qöşma loyihalarni amalga oşiriş imkoniyatlari muhokama qilindi.