Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Xitoydagi Özbekiston madaniyati kunlari doirasida Pekin şahridagi Milliy ijroçilik san’ati markazida özbek san’at ustalari iştirokida gala-konsert bölib ötdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Tadbir Özbekiston Madaniyat vazirligi tomonidan mamlakatning Pekindagi elçixonasi kömagida taşkil etildi.
Konsert mehmonlari orasida Xitoy davlat idoralari vakillari, madaniyat va san’at namoyandalari, diplomatlar, jurnalistlar hamda özbek diasporasi vakillari böldi.
Konsert dasturida Alişer Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri orkestri, Özbekiston xalq artisti Ilyos Arabov, Özbekistonda xizmat körsatgan artist Ma’suma Boltabayeva, şuningdek, “Munojat” raqs ansamblining badiiy rahbari va baletmeyster Feruza Azatova iştirok etdi.
Tomoşabinlarga özbek mumtoz musiqasi asarlari, milliy kuylar, qöşiqlar va raqs çiqişlari namoyiş etildi.
Tadbir doirasida «Yangi Özbekiston» fotokörgazmasi ham taşkil etildi. Ekspozitsiyadan tarixiy obidalar, madaniy meros, milliy an’analar va mamlakatning zamonaviy taraqqiyoti aks etgan suratlar örin oldi.
Konsert va körgazma özbek madaniyatini xorijda tarğib qiliş dasturining bir qismi bölib, Özbekiston va Xitoy örtasidagi madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlaşga qaratilgan.