Madaniyat

Mirziyoyev Ibn Sinoning bolaligi haqidagi filmning suratga oliş jarayonini közdan keçirdi

Mirziyoyev Ibn Sinoning bolaligi haqidagi filmning suratga oliş jarayonini közdan keçirdi
Mirziyoyev Ibn Sinoning bolaligi haqidagi filmning suratga oliş jarayonini közdan keçirdi / Foto: Özbekiston Prezidenti matbuot xizmati.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev Abu Ali ibn Sinoning bolaligiga bağişlangan “Husayn” tarixiy-badiiy filmining suratga oliş maydoni bilan tanişdi.

Bolalar kontentini rivojlantiriş markazi buyurtmasi asosida suratga olinayotgan film uçun “Özbekfilm” kinostudiyasida alloma yaşagan davr muhitini aks ettiruvçi dekoratsiyalar barpo etilgan. Davlatimiz rahbari tarixiy şahar devorlari, köça va bozor manzaralari, davr liboslari hamda suratga olişda foydalaniladigan buyumlarni közdan keçirdi.

Kinoijodkorlar bilan muloqotda Prezidentimiz davlat milliy ruhdagi, buyuk ajdodlarimiz hayotiga bağişlangan filmlar yaratilişiga e’tiborni yanada kuçaytirişini ta’kidladi. Bu yerda barpo etilgan dekoratsiyalarni yuqori baholab, ular tarixiy muhitni ekranda işonarli gavdalantirişga intilişdan dalolat ekanini qayd etdi. Boy tariximiz va allomalarimiz merosini kino tili orqali yoş avlodga yetkaziş, ularda öz ötmişiga qiziqiş va iftixor tuyğusini uyğotiş muhimligini ta’kidladi.

Filmda yoş Husayn ibn Abdullohning tabobatga muhabbati, ustozlariga sadoqati va insonparvarligi tasvirlanadi. Asar orqali bolalarga allomaning ilmga intilişi va şaxsiy fazilatlarini yaqindan tanitiş közda tutilgan.

“Husayn” filmini yaratiş Abu Ali ibn Sino ilmiy merosini çuqur örganiş va keng tarğib qiliş böyiça 2030-yilgaça möljallangan “yöl xaritasi”da belgilangan. Hujjatda alloma tavalludining 1050 yilligiga tayyorgarlik köriş ham nazarda tutilgan.

Prezidentimiz film ijodkorlariga muvaffaqiyatlar tiladi.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.