Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston va Ozarbayjon Germaniya, Şvetsiya va Finlyandiyada ikki mamlakatning turistik salohiyatiga bağişlangan qöşma taqdimotlar ötkazdi. Roud-şou tadbirlari 2026 yil 19–22 oktyabr kunlari Berlin, Myunxen, Stokgolm va Xelsinki şaharlarida bölib ötdi. Ularning asosiy maqsadi ikki mamlakatni Yevropa turistik bozorida tarğib qilişdan iborat böldi.
Tadbirlarda 80 dan ortiq taşkilot vakillari iştirok etdi, qatnaşçilarning umumiy soni esa 140 nafardan oşdi. Ular orasida Germaniya, Şvetsiya va Finlyandiyaning turistik biznes vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari bor edi.
Iştirokçilarga ikki mamlakatning tarixiy-madaniy merosi, turistik imkoniyatlari va sayyohlar uçun takliflari taqdim etildi. Özbekistonning Samarqand, Buxoro va Xiva kabi tarixiy şaharlarini Ozarbayjonning Boku, Şamaxi va Şeki şaharlari bilan birlaştiruvçi qöşma turistik yönalişlarga alohida e’tibor qaratildi.
Bunday sayohatlar sayyohlarga bir safar davomida har ikki mamlakatning me’morçiligi, tarixi, milliy an’analari va gastronomiyasi bilan tanişiş imkonini beradi.
Roud-şou doirasida B2B formatida biznes uçraşuvlar ham taşkil etildi. Turistik kompaniyalar va turoperatorlar hamkorlik istiqbollari, qöşma turistik paketlarni işlab çiqiş hamda takliflarni Yevropa bozori talablariga moslaştiriş masalalarini muhokama qildi.
Taşabbus xalqaro hamkorlar bilan işbilarmonlik aloqalarini kengaytiriş, ikki mamlakatning turistik resurslaridan yana-da samarali foydalaniş va xorijiy sayyohlar oqimini oşirişga qaratilgan. Özbekiston va Ozarbayjon nafaqat alohida turistik yönalişlarni, balki har ikki mamlakat imkoniyatlarini birlaştiruvçi yagona sayohat marşrutini ham tarğib qilişni rejalaştirmoqda.