Shoshilinch
Turizm

«Samarqand noni» tovar belgisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi

«Samarqand noni» tovar belgisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi
«Samarqand noni» tovar belgisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi / Foto: Novotours.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — «Samarqand noni» nomi O‘zbekistonda tovar belgisi sifatida huquqiy muhofazaga olindi.

Avvalroq, 2025 yil fevral oyida ushbu nom geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan edi. Bu haqda mamlakat Adliya vazirligi maʼlum qildi.

Vazirlik tushuntirishicha, tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazishdan maqsad anʼanaviy Samarqand nonining o‘ziga xos xususiyatlarini saqlab qolish, hududning gastronomik merosini himoya qilish va mahsulotning bozordagi mavqeini mustahkamlashdan iborat.

Huquqiy muhofazaning ikki shakli — geografik ko‘rsatkich va tovar belgisi sifatida rasmiylashtirilishi milliy brendlarni himoya qilish hamda ularning iqtisodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi.

O‘zbekistonning «Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovarlar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida»gi qonuniga muvofiq, tovar belgisi uchun berilgan guvohnoma 10 yil davomida amal qiladi.