Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston va Gruziya turizm sohasidagi hamkorlikni kengaytirish hamda o‘zaro sayyohlar oqimini ko‘paytirish niyatida.
Ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirish maqsadida Toshkentda Gruziya Milliy turizm maʼmuriyati (GNTA) tomonidan tashkil etilgan «Emotions are Georgia» roud-shousi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda turizm kompaniyalari vakillari, turoperatorlar hamda mehmonxona biznesi vakillari ishtirok etdi.
Dastur doirasida ishtirokchilarga Gruziyaning turistik imkoniyatlari taqdim etildi. Shuningdek, 40 ta turizm kompaniyasi vakillarini birlashtirgan B2B formatidagi ishbilarmonlik uchrashuvlari o‘tkazildi.
Tashkilotchilar bunday tadbirlar ikki mamlakat turizm sohasi vakillari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish va O‘zbekistondan boradigan sayyohlar uchun takliflarni kengaytirishga yordam beradi, deb hisoblamoqda.
Toshkentdagi roud-shou GNTA tomonidan Gruziyaning turistik salohiyatini xorijiy bozorlarda targ‘ib qilishga qaratilgan xalqaro tadbirlar turkumining bir qismi bo‘ldi. Avvalroq shunga o‘xshash uchrashuvlar Stokgolm, Kopengagen va Ostona shaharlarida o‘tkazilgan edi.
Dasturning keyingi yo‘nalishi Xitoy bo‘ladi. Gruziya delegatsiyasi ushbu mamlakatning yana 40 ta shahriga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda.