7
Turizm

Toşkentda Xalqaro barqaror turizm yili oçilişi e’lon qilindi

Toşkentda Xalqaro barqaror turizm yili oçilişi e’lon qilindi
Toşkentda Xalqaro barqaror turizm yili oçilişi e’lon qilindi / Foto: Özbekiston Prezidenti Administratsiyasi matbuot xizmati.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Toşkentda Özbekiston taşabbusi bilan BMT tomonidan 2027 yil uçun e’lon qilingan Xalqaro barqaror va inqirozlarga çidamli turizm yilining oçilişiga bağişlangan marosim bölib ötdi.

80 dan ortiq davlat qöllab-quvvatlagan rezolyutsiya 2024 yilda BMT Boş Assambleyasi tomonidan ma’qullangan edi. Marosim iştirokçilariga Prezident Şavkat Mirziyoyevning tabrigini Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva öqib eşittirdi. Bu haqda Gazeta.uz xabar berdi.

Tadbirda BMT Turizm taşkiloti boş kotibi Şayxa Al Novais va 45 dan ortiq mamlakat vakillari iştirok etdi.

Murojaatda Mirziyoyev geosiyosiy muammolar, jahon iqtisodiyotidagi özgarişlar va xavfsizlik masalalari şaroitida turizmning davlatlar va xalqlarni yaqinlaştirişdagi roli tobora ortib borayotganini ta’kidladi.

Uning sözlariga köra, 2025 yilda turizmning jahon yalpi içki mahsulotidagi uluşi 11,6 trln dollar yoki 9,8 foizni taşkil etgan. Prezident, şuningdek, sohaning aholi bandligini ta’minlaş, kiçik va örta biznesni rivojlantiriş hamda oilalar farovonligini oşirişdagi ahamiyatini qayd etdi.

Özbekistonga 2026 yilning dastlabki ön oyida 11,6 mln nafar turist taşrif buyurdi. Bu körsatkiç 2025 yilning butun davridagi natijaga yaqin. Turizm xizmatlari eksporti 1,5 barobarga oşib, 6 mlrd dollarga yetdi. Turizm sohasi va unga boğliq tarmoqlarda qariyb 1 mln kişi mehnat qilmoqda.

2030 yilga qadar mamlakat xorijiy turistlar sonini 20 mln nafarga, turizm xizmatlari eksportini 10 mlrd dollarga, sohadagi bandlikni esa 2 mln kişiga yetkazişni maqsad qilgan. Turizmning YAIMdagi uluşi 7 foizga yetişi kutilmoqda.

2027 yilda Özbekiston turizmni barqaror rivojlantiriş va uning inqirozlarga çidamliligini oşiriş böyiça çora-tadbirlarni amalga oşirişni rejalaştirmoqda. Mirziyoyev taklif etgan yönalişlar qatorida içki turizmni rivojlantiriş va mintaqaviy hamkorlikni çuqurlaştiriş ham bor.

Prezident Markaziy Osiyoni yagona turistik makon sifatida birgalikda tarğib qiliş yana-da salmoqli natijalar berişi mumkinligini ta’kidladi. Şuningdek, zamonaviy texnologiyalarni milliy an’analar va etnomadaniyatni asrab-avaylaş bilan uyğunlaştiriş zarurligiga e’tibor qaratdi.

Sohani uzoq muddatli rivojlantiriş maqsadida davlat rahbari kelgusi beş yilga möljallangan global harakatlar rejasini işlab çiqişni taklif etdi. Uning fikriça, dastur BMT Jahon turizm taşkiloti şafeligida davlatlar, xalqaro taşkilotlar va xususiy sektor imkoniyatlarini birlaştirişi kerak.

Marosim 25–27 noyabr kunlari bölib ötgan 31-Toşkent xalqaro turizm yarmarkasi — «Ipak yölida turizm» doirasida taşkil etildi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.