Turizm

Malayziya TITF 2026 körgazmasida turizm salohiyatini namoyiş etadi

Malayziya TITF 2026 körgazmasida turizm salohiyatini namoyiş etadi
Malayziya TITF 2026 körgazmasida turizm salohiyatini namoyiş etadi / Foto: Tourism Malaysia.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Malayziya 25–27 noyabr kunlari Toşkentda bölib ötadigan TITF 2026 xalqaro turizm körgazmasida iştirok etgan yillaridagi eng yirik stendini taqdim etadi. Bu haqda Tourism Malaysia xabar berdi.

Central Asian Expo (CAEx) körgazma majmuasida Malayziya delegatsiyasi 18 ta turistik kompaniya va sohaviy taşkilotni birlaştiradi. Dasturdan işbilarmonlik uçraşuvlari, madaniy çiqişlar va mamlakatning turistik imkoniyatlari taqdimotlari örin olgan.

25 noyabr kuni bölib ötadigan oçiliş marosimida Tourism Malaysia boş direktorining tarğibot masalalari böyiça örinbosari Li Tay Xung, taşkilotning Amerika, Yevropa va Okeaniya mamlakatlari böyiça xalqaro tarğibot departamenti direktori Moxamad Libra Li Xaniff hamda taşkilotning Olmaotadagi vakolatxonasi direktori Nor Şazli Azmi iştirok etadi. Şuningdek, Özbekiston va Malayziya turizm sohasi vakillari ham qatnaşişi kutilmoqda.

Körgazmadagi iştirok Visit Malaysia 2026–2027 xalqaro kampaniyasi doirasida taşkil etilmoqda. U Malayziyaning madaniy merosi, tabiiy diqqatga sazovor joylari va turli xil turistik takliflarini tarğib qilişga qaratilgan. Bunda barqaror turizmni rivojlantiriş va mahalliy madaniyat bilan taniştirişga alohida e’tibor beriladi.

Delegatsiya tarkibidan mehmonxona tarmoqlari, kurortlar, turoperatorlar, turistik agentliklar, ta’lim muassasalari va Batik Air aviakompaniyasi vakillari örin olgan. Şuningdek, unda Langkavini rivojlantiriş boşqarmasi va Islom turizmi markazi ham iştirok etadi.

Malayziya stendida raqs va musiqiy çiqişlar, pazandaçilik hamda hunarmandçilik namoyişlari rejalaştirilgan. Taşrif buyuruvçilar batik matosiga naqş tuşiriş böyiça mahorat darsida iştirok etişlari, an’anaviy «tex tarik» çoyining tayyorlaniş jarayonini kuzatişlari va uni tatib körişlari mumkin.

Tourism Malaysia ma’lumotlariga köra, 2026 yil yanvar–sentyabr oylarida Malayziyaga Özbekistondan 22 529 nafar sayyoh taşrif buyurgan. Bu 2025 yilning şu davriga nisbatan 64,1 foizga köp. Markaziy Osiyoning beşta mamlakatidan kelgan sayyohlarning umumiy soni 77 137 nafarga yetib, 21,7 foizga oşgan.

Hozirda Toşkent va Kuala-Lumpur örtasida haftasiga yettita töğridan-töğri reys amalga oşirilmoqda. Parvozlar Batik Air va Uzbekistan Airways aviakompaniyalari tomonidan bajariladi. Bundan taşqari, mavsumiy çarter dasturlari, jumladan, Langkaviga töğridan-töğri reyslar Malayziyaning boşqa hududlariga sayohat qiliş imkoniyatlarini kengaytirmoqda.

«Sayyohlar oqimi böyiça sönggi ma’lumotlar optimizm uyğotmoqda, biroq bizning maqsadlarimiz sayyohlar sonini oşiriş bilan çeklanmaydi. Biz Özbekiston turizm sohasi bilan uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantiriş, mahalliy sayyohlarning xohiş-istaklarini hisobga olgan holda turistik takliflar turini kengaytiriş va Malayziyani yana qaytiş istagini uyğotadigan mamlakatga aylantirişga intilamiz», — dedi Li Tay Xung.

Taşrif doirasida Tourism Malaysia turizm sohasi vakillari hamda faxriy mehmonlar uçun tantanali keçki ovqat ham taşkil etadi. Dasturda aviakompaniyalar va turoperatorlar bilan uçraşuvlar örin olgan. 27 noyabr kuni esa alohida B2B biznes-sessiyasi bölib ötadi.

Tadbirlar hamkorlik aloqalarini rivojlantiriş, yangi turistik mahsulotlarni yaratiş va Malayziyaning Özbekiston hamda Markaziy Osiyoning boşqa mamlakatlari bilan hamkorligini kengaytirişga qaratilgan.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.