Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — 2027 yilda Özbekistonda Amerikaning The Amazing Race va Expedition Unknown teleloyihalarining yangi sonlari suratga olinişi mumkin. Bu boradagi dastlabki kelişuvlarga Los-Anjelesda bölib ötgan American Film Market doirasidagi muzokaralar çoğida erişildi. Bu haqda Özbekiston Turizm qömitasi xabar berdi.
Tadbir 2026 yil 10–15 noyabr kunlari bölib ötdi. Özbekiston milliy stendi va delegatsiyaning muzokaralari ikki teledasturni mamlakatda suratga oliş imkoniyatlarini muhokama qiliş uçun asos böldi.
Özbekiston vakillari The Amazing Race loyihasi yaratuvçilari Bertram van Myunster va Eliza Doganeri bilan uçraşdi.
Tomonlar 2027 yilda loyihaning yangi sonlarini Özbekistonda suratga olişni taşkil etiş masalalarini muhokama qildi.
The Amazing Race teleşousi 2001 yildan beri AQŞning CBS telekanalida namoyiş etib kelinmoqda. Uşbu format turli mamlakatlarga sayohat qiliş va musobaqaviy topşiriqlarni bajarişni birlaştiradi. Iştirokçilar safar davomida diqqatga sazovor joylar, madaniyat va mahalliy an’analar bilan tanişadi.
2027 yilda dastur özining 25 yilligini nişonlaydi. Hozirga qadar uning 39 mavsumi efirga uzatilgan. Loyiha 15 ta “Emmi” mukofotiga sazovor bölgan va uşbu mukofot uçun 108 marta nomzod sifatida körsatilgan.
Delegatsiya, şuningdek, “Emmi” mukofotining ikki karra laureati, Expedition Unknown teledasturi prodyuseri Aaron Şunxoven bilan ham muzokaralar ötkazdi. Uçraşuvda 2027 yilda dasturning yangi sonlarini Özbekistonda suratga oliş imkoniyatlari muhokama qilindi. Uçraşuv yakunida tomonlar dastlabki kelişuvlarga erişdi.
Expedition Unknown teledasturi 2015 yildan beri Discovery telekanalida namoyiş etib kelinmoqda. Dastur boşlovçisi Joş Geyts dunyo böylab sayohat qilib, qadimgi sivilizatsiyalar, tarixiy jumboqlar va arxeologik sirlarni örganadi.
Özbekistonda suratga oliş işlarining taşkil etilişi mamlakatning qadimiy şaharlari, tarixiy-madaniy merosi va arxeologik yodgorliklarini xalqaro auditoriyaga namoyiş etiş imkonini beradi.
Turizm qömitasi ma’lumotlariga köra, The Amazing Race teleşouining dastlabki 30 mavsumi 89 ta mamlakatda suratga olingan. Dastur formati 12 dan ortiq mamlakatda moslaştirilgan. 2025 yilda 38-mavsumning birinçi soni premyerasidan keyingi dastlabki uç kun içida televideniye va striming platformalari orqali 4,01 million tomoşabinni jalb qilgan.
2026 yil holatiga köra, Expedition Unknown teledasturining 17 mavsumi efirga uzatilgan. 2025 yilda dastur «Sayohat va sarguzaştlar haqidagi eng yaxşi teledastur» nominatsiyasida Daytime Emmy mukofotiga sazovor bölgan. 2026 yilda loyiha yana uşbu mukofotga nomzod sifatida körsatilgan.
Turizm qömitasida Özbekistonning xalqaro teleloyihalarda iştirok etişi xorijiy auditoriyaning mamlakat va uning madaniy merosiga bölgan qiziqişini oşirişini kutmoqda. Bu, şuningdek, turistik yönalişlarni tarğib qiliş va xorijiy sayyohlar sonini köpaytirişga xizmat qilişi mumkin.
American Film Market doirasida Özbekiston delegatsiyasi boşqa xorijiy prodyuserlar va rejissyorlar bilan ham uçraşuvlar ötkazdi.
Tomonlar xalqaro media-loyihalar istiqbollari va kelgusidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi.
Özbekiston milliy stendi Prezident Administratsiyasi huzuridagi Kontent tayyorlaş markazi va Turizm qömitasi tomonidan AQŞning Next Field International kompaniyasi kömagida taşkil etildi.