Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Minor Hotels xalqaro mehmonxona guruhi Özbekiston poytaxtida NH Taşkent mehmonxonasini oçiş böyiça françayzing şartnomasini imzoladi. Obyektni 2027 yil boşida foydalanişga topşiriş rejalaştirilgan.
Şartnomani imzolaş marosimi 2026 yil 4 noyabr kuni bölib ötdi.
Tadbirda Özbekiston Turizm qömitasi raisining örinbosari Sanjar Tadjiyev, Minor Hotels rahbariyati va NH Hotels & Resorts brendi vakillari iştirok etdi.
Mehmonxona jami 151 ta xonaga möljallangan bölib, ular orasida standart xonalar, Junior Suite va Deluxe toifasidagi xonalar mavjud böladi. Mehmonlar uçun milliy va xalqaro taomlar taklif etiladigan restoran, sport zali hamda işbilarmonlik uçraşuvlari, xalqaro konferensiyalar va boşqa tadbirlarni ötkazişga möljallangan konferens-zal taşkil etiladi.
Sanjar Tadjiyevning ta’kidlaşiça, xalqaro mehmonxona operatorlari bilan hamkorlik Özbekistonning global bronlaş platformalari, korporativ mijozlar va xalqaro savdo kanallariga kiriş imkoniyatlarini kengaytiradi. Bu esa işbilarmonlik va tadbirlar turizmini rivojlantiriş, xorijiy mehmonlarni jalb qiliş, yangi iş örinlari yaratiş hamda turistik xizmatlar eksportini oşirişga xizmat qilişi kutilmoqda.
NH Taşkent mehmonxonasining oçilişi poytaxtda xalqaro darajadagi mehmonxona xizmatlari taklifini kengaytiradi hamda işbilarmonlik safarlari va MICE-turizm infratuzilmasini töldiradi.
Turizm qömitasi ma’lumotlariga köra, hozirda Özbekistonda 32 ta xalqaro mehmonxona brendi faoliyat yuritmoqda. Ularning boşqaruvi ostida 52 ta mehmonxona mavjud.
NH brendi öz tarixini 1978 yilda Ispaniyada birinçi mehmonxona oçilişi bilan boşlagan. Hozirgi kunda NH Hotels & Resorts tarmoği 25 ta mamlakatdagi 201 ta mehmonxona va kurortni birlaştiradi.
Minor Hotels xalqaro guruhi olti qit’ada 560 dan ortiq mehmonxona obyektini boşqaradi. Uning portfeliga, şuningdek, Anantara, Avani, NH Collection, nhow, Oaks va Tivoli brendlari ham kiradi.