Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston 3–5 noyabr kunlari ExCeL London körgazma markazida bölib ötayotgan World Travel Market (WTM) London 2026 xalqaro körgazmasida mamlakatning turistik imkoniyatlarini taqdim etmoqda.
S4-502 raqami ostidagi Özbekiston milliy stendi 11 ta iştirokçini birlaştirgan. Ular orasida Uzbekistan Airways aviakompaniyasi, Beldersoy Resort kurorti va töqqizta sayyohlik kompaniyasi — Orient Voyages, CATS, Rovet DMC, Sezam Travel, People Travel, Asia Luxe Travel, Orient Expeditions, Sanat Travel Experts va Ziyara Tour bor.
Ekspozitsiya turizm sohasining turli yönalişlarini, jumladan, aviaqatnovlar, sayohatlarni taşkil etiş, joylaştiriş va dam oliş xizmatlarini qamrab olgan.
Milliy stendning boş hamkori sifatida Beldersoy Resort iştirok etmoqda. Kompaniya mamlakatning tabiiy manzaralari bağrida dam oliş imkoniyatlarini taqdim etmoqda.
Samarqand, Buxoro va Xiva böylab an’anaviy madaniy-tarixiy yönalişlardan taşqari, Özbekiston vakillari xorijiy iştirokçilarni gastronomik, tabiat qöynidagi va faol turizm imkoniyatlari bilan ham taniştirmoqda.
Bunday yondaşuv mamlakatdagi turistik takliflarning xilma-xilligini namoyiş etiş va turli qiziqişlarga ega sayyohlarni jalb qilişga qaratilgan.
WTM London körgazmasida iştirok etiş özbekistonlik kompaniyalarga xorijiy hamkorlar bilan muzokaralar ötkaziş, turistik yönalişlar va xizmatlarni taqdim etiş, qöşma takliflarni muhokama qiliş hamda xalqaro bozordagi iştirokini kengaytiriş imkonini beradi.
World Travel Market körgazmasi turizm sohasidagi xalqaro maydonlardan biri bölib, u biznes aloqalarini örnatiş va hamkorlikni rivojlantiriş maqsadida soha vakillarini birlaştiradi.