7
Turizm

Toşkentda 25–27 noyabr kunlari uçta yirik turistik tadbir bölib ötadi

Toşkentda 25–27 noyabr kunlari uçta yirik turistik tadbir bölib ötadi
Toşkentda 25–27 noyabr kunlari uçta yirik turistik tadbir bölib ötadi / Foto: Özbekiston Respublikasi Turizm qömitasi matbuot xizmati.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yil 25–27 noyabr kunlari Toşkentda Xalqaro turistik investitsiya forumi, 31-Toşkent xalqaro turizm yarmarkasi — «Ipak yölida turizm» hamda Barqaror va bardoşli turizm xalqaro yilining oçiliş marosimi bölib ötadi. Bu haqda Özbekiston Turizm qömitasi xabar berdi.

Bölajak tadbirlar dasturi Turizm qömitasi raisi Abdulaziz Akkulov, xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari va xalqaro taşkilotlar rahbarlari iştirokida ötkazilgan biznes-nonuştada taqdim etildi.

Uçraşuv iştirokçilariga, şuningdek, turizm sohasining investitsiyaviy salohiyati, xorijiy investorlar uçun yaratilgan şaroitlar va davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş mexanizmlari haqida ma’lumot berildi.

Akkulov Özbekiston va boşqa mamlakatlarning davlat idoralari, biznes vakillari, investorlari hamda turizm bozori iştirokçilari örtasidagi aloqalarni rivojlantirişda diplomatik vakolatxonalar muhim örin tutişini ta’kidladi.

Uçraşuvda taqdim etilgan ma’lumotlarga köra, Özbekistonga taşrif buyurgan xorijiy sayyohlar soni 2016 yildagi qariyb 2 million nafardan 2025 yilda 11,7 million nafarga yetgan.

Bu davrda turistik xizmatlar eksporti 531 million dollardan 4,8 milliard dollarga oşgan. 2026 yilning dastlabki ön oyida mamlakatga 11,6 million nafar xorijiy sayyoh taşrif buyurgan, turistik xizmatlar eksporti esa 6,1 milliard dollarga yetgan.

«Özbekiston — 2030» strategiyasiga muvofiq, 2030 yilgaça xorijiy sayyohlar sonini yiliga 20 million nafarga yetkaziş, şuningdek, ularning örtaça xarajatlari va mamlakatda böliş muddatini oşiriş rejalaştirilgan.

Dasturning asosiy tadbirlaridan biri 25 noyabr kuni oçiladigan birinçi Xalqaro turistik investitsiya forumi böladi. Unda iştirokçilarga turizm sohasidagi istiqbolli loyihalar va sarmoya kiritiş imkoniyatlari taqdim etiladi.

Forum dasturidan investitsiyaviy muhit, transport va logistika, tibbiy turizm, xalqaro mehmonxona brendlari, kinoindustriya va turizm hamkorligi, davlat-xususiy şeriklik, turistik hududlarni rivojlantiriş, toğ va xavfsiz turizm, Markaziy Osiyoda transçegaraviy turizm, barqaror turizm hamda sun’iy intellekt mavzulariga bağişlangan 11 ta tematik sessiya örin olgan.

Şuningdek, Tourism Hackathon ötkazilişi rejalaştirilgan.

Investorlarga taqdim etiş uçun oltita yönaliş böyiça 112 ta loyihadan iborat portfel şakllantirilgan.

Unga mehmonxona biznesi va turistik infratuzilma sohasidagi 53 ta, madaniy-tarixiy meros obyektlariga oid 11 ta, ekoturizm va ekstremal turizm, şuningdek, tibbiy va soğlomlaştiriş turizmi yönalişlarida yettitadan, köngiloçar va oilaviy infratuzilma böyiça 30 ta hamda transport infratuzilmasi sohasidagi törtta loyiha kiritilgan.

Forum doirasida investitsiya imkoniyatlari va loyihalarning tayyorlik darajasini muhokama qiliş, şuningdek, oldindan kelişilgan B2B va B2G formatlaridagi uçraşuvlarni ötkaziş rejalaştirilgan.

25–27 noyabr kunlari 31-Toşkent xalqaro turizm yarmarkasi — «Ipak yölida turizm» ham bölib ötadi. Uning uçun 10 ming kvadrat metr maydonga ega körgazma hududi tayyorlanadi.

Yarmarkada 15 mingdan ortiq taşrif buyuruvçi, 65 nafardan ziyod xorijiy xaridor (hosted buyers) va 100 dan ortiq kompaniya iştirok etişi kutilmoqda. Ilk bor 40 dan ziyod raqamli turizm kompaniyasini birlaştirgan texnologik ekotizim taqdim etiladi.

Yarmarkaning işbilarmonlik dasturi Turizm vazirlari forumi, ICCA assotsiatsiyalari va biznes tadbirlar forumi, Global Media Campus, Silk Road Tourism Awards, Uzbekistan Hospitality B2B Platform hamda Özbekiston — Belarus turizm forumlarini qamrab oladi. Bundan taşqari, işbilarmonlik uçraşuvlari, xalqaro muzokaralar va Tourism Hackathon ötkazilişi rejalaştirilgan.

Taşkilotçilar mehmonxona biznesi, tibbiy va soğlomlaştiriş turizmi, madaniyat, köngiloçar sanoat, transport hamda ekoturizm sohalarida 25 dan ortiq kelişuvga erişişni maqsad qilgan.

Dasturning yana bir muhim tadbiri — 2027 yil Barqaror va bardoşli turizm xalqaro yilining oçiliş marosimi böladi. U 27 noyabr kuni BMT Turizm taşkiloti bilan hamkorlikda ötkaziladi.

2027 yilni Barqaror va bardoşli turizm xalqaro yili deb e’lon qiliş taşabbusi Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan. Tegişli 78/260-sonli rezolyutsiya 2024 yil 26 fevral kuni BMT Boş Assambleyasi tomonidan taşkilotga a’zo 80 dan ortiq davlat hammuallifligida qabul qilingan.

Taşabbusdan közlangan maqsad — barqaror iqtisodiy ösişni ta’minlaş, iş örinlari yaratiş, ijtimoiy farovonlikni oşiriş va madaniy almaşinuvni rivojlantirişda turizmning rolini mustahkamlaş. Bunda sohaning pandemiyalar, geosiyosiy inqirozlar, tabiiy ofatlar va iqlim özgarişiga nisbatan bardoşliligini oşirişga alohida e’tibor qaratiladi.

Toşkent Xalqaro yil global dasturining birinçi tadbiri ötkaziladigan şahar böladi.

Oçiliş marosimida turizm vazirlari, xalqaro taşkilotlar vakillari hamda soha boşqa iştirokçilarining qatnaşişi kutilmoqda.

Dasturdan vazirlar uçraşuvi, tematik muhokamalar va Özbekistonning turistik obyektlariga taşrif buyuriş ham örin olgan.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.