Turizm

Özbekistonda suv omborlari yonida turistik obyektlar qurişga ruxsat beriladi

Özbekistonda suv omborlari yonida turistik obyektlar qurişga ruxsat beriladi
Özbekistonda suv omborlari yonida turistik obyektlar qurişga ruxsat beriladi / Foto: UzDaily.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekistonda suv omborlari hududida va ularga tutaş hududlarda joylaşgan qişloq xöjaligiga möljallanmagan böş yer uçastkalarida turistik xizmatlarni taşkil etiş tartibi tasdiqlandi.

Tegişli nizom 2026 yil 5 noyabrdagi 609-sonli Hukumat qarori bilan tasdiqlangan.

Hujjatda turistik va rekreatsion obyektlarni joylaştiriş qoidalari, şuningdek, taşrif buyuruvçilarga xizmat körsatişni taşkil etiş talablari belgilangan.

Majburiy şartlar qatoriga qutqaruv xizmatini taşkil etiş yoki navbatçilikni ta’minlaş uçun professional qutqaruv taşkilotlari bilan şartnoma tuziş kiradi. Bundan taşqari, operatorlar kiçik hajmli kemalardan va ularni saqlaş uçun möljallangan bazalardan xavfsiz foydalaniş qoidalariga rioya etişi şart.

Turistik obyektlarni taşkil etuvçilar maişiy çiqindilarni olib çiqib ketiş böyiça ixtisoslaşgan taşkilotlar bilan ham şartnomalar tuzişi lozim.

Nizomda turistik infratuzilmaga raqamli vositalarni joriy etiş ham nazarda tutilgan. Jumladan, raqamli xaritalar, onlayn bronlaş tizimlari va QR-kodlar orqali navigatsiyadan foydalaniş rejalaştirilgan.

Obyektlarni joylaştirişda suvni muhofaza qiliş va sanitariya-muhofaza zonalari bilan boğliq çeklovlar, şuningdek, suv toşqini va köçki xavflari hisobga olinişi kerak.

Turistik xizmatlarni taşkil etiş uçun yer uçastkalari qonunçilikda belgilangan tartibda elektron onlayn-auksionlar orqali ajratiladi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.