Turizm

HotelPro HUB Central Asia 2026 Toşkentda bölib ötadi

HotelPro HUB Central Asia 2026 Toşkentda bölib ötadi
HotelPro HUB Central Asia 2026 Toşkentda bölib ötadi

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — HotelPro HUB Central Asia 2026 xalqaro forumi 24 noyabr kuni Toşkentda bölib ötadi. Unda mintaqadagi mehmonxona biznesi vakillari, investorlar hamda developerlar jamlanadi.

Tadbir Özbekiston Turizm qömitasi kömagida Hyatt Regency Taşkent mehmonxonasida ötkaziladi. Taşkilotçilar forumda 500 nafardan ortiq delegat va 40 dan ziyod kompaniya vakillari iştirok etişini kutmoqda.

Forumda mehmonxona egalari va boşqaruvçilari, mehmonxona operatorlari, texnologik kompaniyalar, yeçimlar yetkazib beruvçilar, maslahatçilar hamda davlat tuzilmalari vakillari qatnaşadi.

Asosiy e’tibor mehmonxona loyihalari iqtisodiyotiga, jumladan, investitsiyalar, development, boşqaruv, texnologiyalarni joriy etiş, tijoriy samaradorlik va mehmonxona aktivlari qiymatiga qaratiladi.

Forumning işbilarmonlik dasturidan mehmonxona sektoriga investitsiyalarni davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş, Markaziy Osiyo mamlakatlari örtasida turizmni rivojlantiriş va xalqaro mehmonxona brendlari iqtisodiyotiga oid masalalar örin oladi.

Iştirokçilar, şuningdek, sun’iy intellekt va avtomatlaştiriş texnologiyalarini qöllaş, Fors körfazi mamlakatlaridan kapital jalb qiliş, mehmonxona rezidensiyalari, mehmonxona aktivlarining qiymati va likvidligini muhokama qiladi.

Alohida muhokamalar turistik hududlarni rivojlantiriş, operatsion modellarni tanlaş, mehmonxonalarni loyihalaştiriş va 2030 yilgaça Markaziy Osiyo bozorining istiqbollariga bağişlanadi.

HotelPro HUB avvalgi forumi 2025 yil 29 oktyabrda Toşkentda ötkazilgan. Taşkilotçilar ma’lumotiga köra, unda 777 nafar röyxatdan ötgan iştirokçi va 100 dan ortiq mehmonxona vakillari qatnaşgan.

Tadbir doirasida 675 ta B2B uçraşuv ötkazilgan, tuzilgan şartnomalarning umumiy qiymati esa 2,5 milliard sömni taşkil etgan.

2026 yilda forum mintaqaviy formatga ötkazilib, HotelPro HUB Central Asia deb nomlandi. Taşkilotçilar bir kun davomida qariyb 1 000 ta B2B uçraşuv ötkazişni rejalaştirmoqda.

Işbilarmonlik muzokaralari asosiy dastur bilan bir vaqtda ötkaziladi. Şuningdek, professional netvorking, Startup Şowcase va mehmonxona biznesi uçun yeçimlar taqdim etiladigan körgazma maydoni taşkil etilişi rejalaştirilgan.

Forumning strategik hamkori mehmonxonalarni boşqariş va konsaltingga ixtisoslaşgan, 30 yildan ortiq iş tajribasiga ega Cronwell Hospitality Group hisoblanadi. Exely kompaniyasi esa forumning texnologik hamkori sifatida iştirok etadi. U mehmonxona biznesi uçun texnologik yeçimlar işlab çiqadi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.