Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston Malayziya turoperatorlari bilan uçraşuvda ziyoratçilar uçun möljallangan turistik dasturlar va dam olişning boşqa yönalişlarini taqdim etdi. Tomonlar respublikaga sayohatlar sonini köpaytiriş maqsadida turistik paketlarni ilgari surişga kelişib oldi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
Tadbir Özbekistonning Malayziyadagi elçixonasida bölib ötdi. Unda mamlakatning turistik salohiyati taqdimoti hamda ikki davlat turistik kompaniyalari vakillari örtasida işbilarmonlik muzokaralari ötkazildi.
Iştirokçilar orasida Jahon söfiylar markazi boş kotibi şayx Abdul Karim Xadayd, BUMITRA turistik kompaniyalar assotsiatsiyasi rahbariyati va Malayziya turizm biznesi vakillari bor edi.
Özbekiston elçisi Karomiddin Ğadoyev ziyorat turizmi sohasida amalga oşirilayotgan özgarişlar haqida sözlab berdi. Xususan, u Samarqanddagi Imom Buxoriy majmuasi va Toşkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazini taqdim etdi.
Elçining ta’kidlaşiça, uşbu obyektlar Malayziyani ham öz içiga olgan musulmon mamlakatlaridan keladigan ziyoratçilar uçun zarur şaroitlarni yaratişga xizmat qiladi.
Uçraşuv iştirokçilari turistik aloqalarni rivojlantiriş va özaro sayohatçilar oqimini köpaytiriş masalalarini ham muhokama qildi. Malayziya fuqarolari uçun Özbekistonga kirişda vizasiz rejim amal qiladi.
Toşkent va Kuala-Lumpur örtasidagi töğridan-töğri aviaqatnovlar Uzbekistan Airways va Batik Air Malaysia aviakompaniyalari tomonidan amalga oşiriladi. “Dunyo” AA ma’lumotlariga köra, aviakompaniyalar haftasiga yettita reys bajaradi.
Özbekiston turoperatorlari Buxoro, Samarqand va Xorazm viloyatlari, şuningdek, Toşkent böylab sayyohlik yönalişlarini taqdim etdi.
Ular ziyorat, gastronomik, madaniy va qişki turizm sohalaridagi takliflar haqida ma’lumot berdi.
Naqşbandiya xalqaro festivaliga alohida e’tibor qaratildi. Şayx Abdul Karim Xadaydning ma’lum qilişiça, sönggi yillarda Din işlari böyiça qömita va Özbekiston musulmonlari idorasi kömagida markaz uşbu festivalni respublikada olti marta ötkazgan.
Tadbirni musulmon mamlakatlarida tarğib qiliş maqsadida özbek tomoni bilan hamkorlikda Naqşbandiya xalqaro festivalining rasmiy sayti işga tuşirilgan.
B2B muzokaralari yakunlariga köra, tomonlar Malayziya bozorida ziyorat, madaniy va qişki turizm yönalişlaridagi turistik paketlarni ilgari suriş böyiça kelişuvlarga erişdi.