Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Istanbul şahrida Özbekiston Respublikasi Turizm qömitasi raisi Abdulaziz Akkulov Turkiya Respublikasi madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy bilan uçraşdi.
Muzokaralar davomida ikki mamlakat örtasidagi turistik aloqalarni yana-da mustahkamlaş, özaro sayyohlar oqimini köpaytiriş, yangi turistik yönalişlar va qöşma turistik mahsulotlarni şakllantiriş masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar ikki davlat xalqlarini umumiy tarix, til, madaniyat va qadriyatlar birlaştirib turişini ta’kidladi. Qayd etilganidek, bu yaqinlik turizm sohasidagi hamkorlikni rivojlantirişda muhim omil hisoblanadi.
Uçraşuvda Turkiyaning turistik hududlarni boşqariş, mehmonxona xöjaligi, madaniy merosni asrab-avaylaş va gastronomik turizmni rivojlantiriş borasidagi tajribasini örganişga alohida e’tibor qaratildi. Şuningdek, ziyorat turizmi, Islom sivilizatsiyasi merosi bilan boğliq turizm hamda MICE-turizm yönalişlarida qöşma turistik mahsulotlar yaratiş imkoniyatlari körib çiqildi.
Bundan taşqari, tomonlar ommaviy axborot vositalari va blogerlar vakillari uçun özaro tanişuv safarlarini taşkil etiş, ikki mamlakatning turistik imkoniyatlarini xalqaro axborot makonida kengroq tarğib qiliş, şuningdek, soha mutaxassislari örtasida tajriba almaşişni yölga qöyiş masalalari yuzasidan fikr almaşdi.
Uçraşuv yakunida Özbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi örtasida 2026–2028 yillarga möljallangan turizm sohasidagi hamkorlik böyiça Qöşma harakatlar rejasi (Joint Action Plan) imzolandi.
Hujjatda özaro turistik almaşinuvni kengaytiriş, ziyorat turizmini rivojlantiriş, qöşma turistik yönalişlarni şakllantiriş, xalqaro tadbirlarda birgalikda iştirok etiş, soha mutaxassislarining malakasini oşiriş hamda Özbekiston hududlarining turistik salohiyatini rivojlantirişga qaratilgan aniq hamkorlik yönalişlari nazarda tutilgan.
Erişilgan kelişuvlar ikki mamlakat örtasidagi turistik munosabatlarni yangi amaliy taşabbuslar bilan boyitiş, Turkiyadan Özbekistonga keluvçi sayyohlar oqimini köpaytiriş va uzoq muddatli, özaro manfaatli hamkorlikni rivojlantiriş uçun muhim asos yaratadi.