Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston Senati tabiiy, texnogen va ekologik xususiyatga ega favqulodda vaziyatlarni monitoring qiliş holati yuzasidan parlament sörovi natijalarini körib çiqdi.
Masala Oliy Majlis Senatining 21-yalpi majlisida muhokama qilindi. Körib çiqiş yakunlari böyiça senatorlar tegişli qaror qabul qildi.
Parlament sörovi doirasida Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi yagona monitoring va prognozlaş tizimini işga tuşirdi. U 42 ta vazirlik, idora va taşkilotni qamrab olgan.
Vazirlar Mahkamasining 2026 yil 25 iyundagi 328-son qarori bilan tizimni yana-da takomillaştiriş nazarda tutilgan. Şuningdek, 2027 yil 1 yanvardan monitoring va prognozlaş uçun mas’ul mutaxassislarning ştat lavozimlarini joriy etiş rejalaştirilgan.
Bundan taşqari, 18 ta vazirlik va taşkilotning reglamentlari tasdiqlangan. 142 ta maxsus taktik öquv maşğuloti ötkazilgan, daryolar va suv oqimlari özanlarining 41 450 pogon metr qismi tozalangan. 79 ta suv obyektida muhandislik-texnik işlar bajarilgan.
Xavfli hududlar va turar joylarda 8 mingdan ortiq tekşiruv ötkazilgan.
Şu bilan birga, senatorlar xavfli jarayonlarni ilmiy asoslangan holda prognoz qiliş, sun’iy intellekt va modellaştiriş texnologiyalarini qöllaş, şuningdek, prognozlarning işonçliligini ta’minlaş borasida kamçiliklar mavjudligini qayd etdi.
Monitoring va prognozlaş vazifalarining xodimlar zimmasiga qöşimça yuklama sifatida yuklatilişi tizim samaradorligini pasaytirişi ta’kidlandi.
Muhokama yakunlari böyiça senatorlar xavf-xatarlarni erta aniqlaş va ularning oldini oliş, aholini öz vaqtida ogohlantiriş hamda mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlaştirişni kuçaytiriş zarurligini ta’kidladi.
Vazirlar Mahkamasiga parlament sörovida körsatilgan muammolarni bartaraf etiş böyiça işlarni davom ettiriş tavsiya qilindi.