7
Özbekiston

Şavkat Mirziyoyev Misrga Qohiradagi yonğin munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Şavkat Mirziyoyev Misrga Qohiradagi yonğin munosabati bilan hamdardlik bildirdi
Şavkat Mirziyoyev Misrga Qohiradagi yonğin munosabati bilan hamdardlik bildirdi / Foto: Özbekiston Prezidenti matbuot xizmati.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Qohira şahrida sodir bölgan yirik yonğin oqibatida insonlar halok bölgani va jabrlangani munosabati bilan Misr Prezidenti Abdulfattoh as-Sisiga hamdardlik bildirdi.

Davlat rahbari halok bölganlarning oila a’zolariga hamdardlik va qöllab-quvvatlaş sözlarini yölladi, şuningdek, jabrlanganlarning tezroq soğayib ketişini tiladi.

Yonğin çorşanba kuni Misr poytaxtidagi asosiy avtomobil yöllaridan birida sodir böldi. Misr soğliqni saqlaş vaziri Xolid Abdulğafforning ma’lum qilişiça, hodisa oqibatida kamida 31 kişi halok bölgan, yana 20 nafardan ortiq kişi jarohat olgan.

Misr ommaviy axborot vositalari xabarlariga köra, hodisaga benzin taşuvçi sisternaning ağdarilişi sabab bölgan. Dastlabki ma’lumotlarga köra, haydovçi avtomobil oldiga yuqori kuçlanişli elektr kabeli tuşib ketganidan keyin boşqaruvni yöqotgan.

Jabrlanganlarga yordam körsatiş uçun hodisa joyiga 39 ta tez tibbiy yordam avtomobili yuborildi. Jarohatlanganlar şifoxonalarga yetkazildi.

Misr Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi ham halok bölganlarning oila a’zolari va jabrlanganlarga hamdardlik bildirdi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.