Özbekiston

Raqamli davrda geologiya: universitet sun'iy intellekt, 3D modellashtirish va muhim minerallarga pul tikmoqda

Raqamli davrda geologiya: universitet sun'iy intellekt, 3D modellashtirish va muhim minerallarga pul tikmoqda
Raqamli davrda geologiya: universitet sun'iy intellekt, 3D modellashtirish va muhim minerallarga pul tikmoqda / Foto: UzDaily.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — 2026-yil 19-noyabr kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uçun kontent tayyorlaş markazida Toğ-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda Geologiya fanlari universiteti hamkorligida “Yangi avlod geologlarini tayyorlaşda zamonaviy yondaşuvlar” mavzusida matbuot anjumani bölib ötdi.

Tadbirda Toğ-kon sanoati va geologiya vazirligining Innovatsiyalar, fan va ta’lim bölimi boşliği Mirğiyos Ğafforov, Geologiya fanlari universitetining Yoşlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy işlar böyiça birinçi prorektori Bahrom Urunov, Ilmiy işlar va innovatsiyalar böyiça prorektori Obidjon Qodirov, şuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalistlar va blogerlar iştirok etdi.

Matbuot anjumanida universitetning bugungi faoliyati, zamonaviy geolog kadrlarni tayyorlaş tizimi, ta’lim dasturlarini takomillaştiriş, işlab çiqariş korxonalari bilan hamkorlik, ilmiy-tadqiqot faoliyati hamda yoşlar uçun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi.

Ta’lim tizimi va zamonaviy kadrlar tayyorlaş

Bugungi kunda Geologiya fanlari universitetida jami 2 372 nafar talaba tahsil olmoqda. Ularning 1 022 nafari kunduzgi, 883 nafari sirtqi, 248 nafari keçki, 68 nafari masofaviy, 101 nafari magistratura hamda 50 nafari qöşma ta’lim dasturlari doirasida tahsil olmoqda. Talabalar orasida 39 nafar xorijiy fuqaro ham mavjud.

Universitetda geologiya, ekologiya, iqtisodiyot va boşqa yönalişlar böyiça mutaxassislar tayyorlaş bilan bir qatorda, kritik minerallar, menejment va sun’iy intellekt texnologiyalari kabi istiqbolli yönalişlarni rivojlantirişga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Ta’lim jarayonida nazariy bilimlarni amaliy könikmalar bilan uyğunlaştiriş, raqamli texnologiyalarni joriy etiş va öquv dasturlarini işlab çiqariş ehtiyojlariga moslaştiriş ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.

Öquv-dala amaliyoti va işlab çiqariş bilan hamkorlik

Geologiya fanlari universitetida talabalarni amaliyotga yönaltirilgan ta’lim asosida tayyorlaş muhim örin tutadi.

Xususan, Oqsoqota öquv-dala amaliyoti doirasida umumiy geologiya va geodeziya fanlari böyiça 250 nafar birinçi bosqiç, strukturaviy geologiya, burğilaş va geofizika fanlari böyiça 140 nafar ikkinçi bosqiç talabalarining amaliy tayyorgarligi yölga qöyilgan.

Şuningdek, işlab çiqariş amaliyoti Navoiy kon-metallurgiya kombinati, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati, “Özbekneftgaz”, “Özbek geologiya qidiruv”, “Özbekgidrogeologiya” kabi yirik korxonalar hamda Kitob geoparki bilan hamkorlikda taşkil etilmoqda.

2026–2027-öquv yiliga möljallangan dual ta’lim rejasiga muvofiq, 2–3-bosqiçdagi 355 nafar sohaviy talabaning 181 nafarini, ya’ni 51 foizini dual ta’limga jalb etiş, törtinçi bosqiçdagi 74 nafar talabani esa töliq qamrab oliş közda tutilgan.

Mazkur yondaşuv talabalarning nazariy bilimlarini real işlab çiqariş şaroitida mustahkamlaş, kasbiy malakasini oşiriş va mehnat bozoriga tayyorlaşga xizmat qiladi.

Ilmiy-tadqiqotlar va innovatsion texnologiyalar

Matbuot anjumanida universitetning ilmiy-tadqiqot salohiyatini rivojlantiriş, zamonaviy laboratoriyalardan foydalaniş hamda innovatsion işlanmalarni işlab çiqarişga tatbiq etiş masalalariga ham alohida töxtalib ötildi.

Universitet tarkibidagi ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda mineral resurslarni örganiş, geologik qidiruv işlarini takomillaştiriş, geofizik va geokimyoviy tadqiqotlar, şuningdek, raqamli geologik modellaştiriş yönalişlarida ilmiy faoliyat olib borilmoqda.

Ilmiy izlanişlarda sun’iy intellekt, 3D modellaştiriş, geologik ma’lumotlarni raqamlaştiriş va zamonaviy dasturiy ta’minotlardan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş muhim vazifalar sifatida belgilangan.

Xorijiy oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlar bilan hamkorlikni rivojlantiriş, qöşma ilmiy loyihalarni amalga oşiriş, yoş olimlar va tadqiqotçilarni qöllab-quvvatlaş universitetning ustuvor yönalişlari qatoridan örin olgan.

Yoşlar siyosati, ma’naviy-ma’rifiy işlar va sport

Universitetda talabalarning bilim olişi bilan bir qatorda, ularning intellektual, ijodiy va jismoniy salohiyatini rivojlantirişga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.

Jumladan, Sport, “Zakovat”, Quvnoqlar va zukkolar, GFU Media, “Qizlarjon”, Startap, Speaking, IT, Eko va Volontyorlar klublari orqali talabalarning böş vaqtini mazmunli taşkil etiş, taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş hamda ijtimoiy faolligini oşiriş işlari olib borilmoqda.

Talabalar örtasida sport va soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş, intellektual musobaqalar, ma’naviy-ma’rifiy uçraşuvlar, kitobxonlik tadbirlari va ijtimoiy loyihalarni taşkil etiş ham universitet faoliyatining muhim yönalişlaridan hisoblanadi.

Şuningdek, talabalarning yaşaş va ta’lim oliş şaroitlarini örganiş, murojaatlarini tinglaş va mavjud muammolarni bartaraf etişga kömaklaşiş böyiça tizimli işlar amalga oşirilmoqda.

Istiqboldagi ustuvor vazifalar

Kelgusida Geologiya fanlari universitetida ta’lim sifatini yanada oşiriş, dual ta’lim imkoniyatlarini kengaytiriş, zamonaviy laboratoriyalar va raqamli texnologiyalarni rivojlantiriş, xalqaro hamkorlikni mustahkamlaş hamda işlab çiqariş korxonalari ehtiyojlariga mos yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaş ustuvor vazifalar bölib qoladi.

Matbuot anjumani yakunida ommaviy axborot vositalari vakillari va jurnalistlarning universitet faoliyati, ta’lim sifati, talabalar amaliyoti, ilmiy izlanişlar hamda yoş mutaxassislarni tayyorlaşga oid savollariga mutasaddilar tomonidan javob berildi.

Mazkur matbuot anjumani geologiya sohasida kadrlar tayyorlaş tizimini takomillaştiriş borasidagi işlarni keng jamoatçilikka yetkaziş, ta’lim va işlab çiqariş hamkorligini mustahkamlaş hamda yangi avlod geologlarini tayyorlaşning ustuvor yönalişlarini yoritişga xizmat qiladi.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.