Iqtisod

Kuçli şamol Özbekistonda L-503 elektr uzatiş tarmoğini ta’mirlaşga tösqinlik qilmoqda

Kuçli şamol Özbekistonda L-503 elektr uzatiş tarmoğini ta’mirlaşga tösqinlik qilmoqda
Kuçli şamol Özbekistonda L-503 elektr uzatiş tarmoğini ta’mirlaşga tösqinlik qilmoqda / Foto: Energetika vazirligi.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekistonda kuçli şamol Farğona vodiysida elektr ta’minotida uzilişlarga sabab bölgan L-503 elektr uzatiş tarmoğida tiklaş işlarini boşlaşga tösqinlik qilmoqda. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

Vazirlikning qöşimça ma’lumotlariga köra, «Özbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ rahbariyati va avariya-tiklaş brigadalari hodisa joyida bölib turibdi.

Avariya sodir bölgan hududda kuçli şamol esişi sababli hozirça ta’mirlaş işlarini boşlaş imkoni yöq. Mutaxassislar uçun xavfsiz işlaş şaroiti yaratilganidan, ya’ni şamol pasayganidan keyin şikastlangan qismlarni bartaraf etiş işlari boşlanadi.

Energetika vazirligi vaziyat doimiy nazoratda ekanini ma’lum qildi. Idora tiklaş işlarining borişi haqida qöşimça axborot berib borişini bildirdi.

L-503 elektr uzatiş tarmoğidagi avariyaviy uziliş 19 noyabr kuni soat 06:19 da sodir bölgan. 500 kV kuçlanişli uşbu tarmoq Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasidan Farğona vodiysi hududlariga elektr energiyasini uzatişni ta’minlaydi.

Dastlabki ma’lumotlarga köra, noqulay ob-havo şaroiti murakkab relyefli adirlik hududdagi tarmoq tayançlaridan birining qulab tuşişiga sabab bölgan. Şundan söng avtomatik himoya tizimi işga tuşib, L-503 orqali elektr energiyasini uzatiş töxtagan.

Uşbu uziliş iste’molçilarning bir qismida elektr ta’minotida uzilişlarga olib kelgan. Tiklaş işlari yakunlanguniga qadar Farğona vodiysining ayrim hududlarida elektr energiyasi yetkazib beriş böyiça vaqtinçalik çeklovlar saqlanib qolmoqda.

Elektr uzatiş tarmoğini tiklaş işlari bilan «Özbekiston milliy elektr tarmoqlari» mutaxassislari Tojikistonning tegişli taşkilotlari bilan hamkorlikda şuğullanmoqda.

Şuningdek, Farğona viloyati Novo-Angren issiqlik elektr stansiyasidan elektr energiyasini uzatişni ta’minlaydigan 500 kV kuçlanişli L-524 tarmoği orqali ham elektr energiyasi bilan ta’minlanadi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.