Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston va Ömon özaro vizalarni bekor qiliş töğrisidagi kelişuvni imzoladi. Hujjat kuçga kirgaç, ikki mamlakat fuqarolari bir-birining hududiga 30 kungaça vizasiz safar qilişlari mumkin böladi. Bu haqda Özbekiston Taşqi işlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Hujjat 17 noyabr kuni Özbekiston Prezidentining Ömonga davlat taşrifi doirasida ikki mamlakat hukumatlari tomonidan imzolandi. Kelişuv muqaddima va 14 ta moddadan iborat.
Biometrik xorijga çiqiş pasportlariga ega fuqarolarga har ikki davlat hududiga vizasiz kiriş, tranzit ötiş va çiqişga ruxsat beriladi. Bunda pasportning amal qiliş muddati kamida olti oy bölişi kerak.
Fuqarolar bir safar davomida mamlakat hududida köpi bilan 30 kun, bir kalendar yili davomida esa jami 180 kungaça vizasiz bölişlari mumkin.
Vizasiz rejim doimiy yaşaş, ta’lim oliş yoki maxsus ruxsatnoma talab etiladigan iş faoliyati bilan şuğullaniş maqsadida borayotgan şaxslarga nisbatan tatbiq etilmaydi. Mamlakatda uzoqroq muddat qoliş uçun qabul qiluvçi davlat qonunçiligiga muvofiq viza oliş talab etiladi.
Kelişuv fors-major holatlarida böliş muddatini bepul uzaytiriş imkoniyatini ham nazarda tutadi. Pasport yöqolgan yoki şikastlangan taqdirda fuqaroga vaqtinçalik safar hujjati beriladi va uning mamlakatdan vizasiz çiqib ketişiga ruxsat etiladi.
Har bir tomon istalmagan şaxslarning öz hududiga kirişini rad etiş yoki ularning mamlakatda böliş muddatini qisqartiriş huquqini saqlab qoladi.
Taşqi işlar vazirligi baholaşiça, uşbu kelişuv ikki mamlakat fuqarolarining safarlarini sezilarli darajada osonlaştiradi hamda turizm, işbilarmonlik, madaniy va gumanitar aloqalar rivojiga xizmat qiladi.
Hujjat tomonlar zarur içki tartib-taomillarni bajargani töğrisidagi sönggi bildirişnoma olinganidan 30 kun ötgaç kuçga kiradi.