Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston Pensiya jamğarmasi vakillari Malayziyaga taşrifi doirasida uşbu mamlakatning KWAP pensiya jamğarmasi vakillari bilan uçraşuv ötkazdi.
Tomonlar pensiya aktivlarini uzoq muddatli boşqariş, investitsiya portfellarini şakllantiriş, moliyaviy xatarlarni nazorat qiliş hamda pensiya tölovlari barqarorligini ta’minlaş masalalarini muhokama qildi.
Investitsiya boşqaruvçilarini jalb qiliş, ularning faoliyatini baholaş va investitsiya loyihalarini amalga oşiriş böyiça amaliy tajribaga alohida e’tibor qaratildi.
Uçraşuv iştirokçilari Malayziya davlat xizmatçilari pensiya tizimining öziga xos xususiyatlarini ham körib çiqdi. Jumladan, uni moliyalaştiriş manbalari, pensiyalarni hisoblaş tartibi, mehnat stajiga qöşiladigan davrlar va pensiya tölovlarining eng kam miqdorini belgilaş mexanizmlari muhokama qilindi.
Bundan taşqari, tomonlar fuqarolar davlat sektoridan xususiy sektorga ötganida ularning pensiya huquqlarini saqlab qoliş böyiça tajriba almaşdi.
Uçraşuv ikki mamlakatning pensiya tizimlarini taşkil etişga doir yondaşuvlarini örganiş va uşbu sohadagi xalqaro tajriba bilan örtoqlaşiş uçun maydon böldi.