Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — “Özçarmsanoat” uyuşmasi va Xitoyning Yiwu Boyu Exhibition Service Co., Ltd. kompaniyasi çarm-poyabzal sanoatida işlab çiqariş kooperatsiyasini rivojlantiriş hamda yangi investitsiya loyihalarini birgalikda tayyorlaş böyiça kelişuvga erişdi.
Uyuşma raisi Xitoy kompaniyasi boş direktori Çjun Szyame bilan uçraşuv ötkazdi. Tomonlar Özbekiston va Xitoy korxonalari örtasidagi hamkorlikni kengaytiriş masalalarini muhokama qildi.
Erişilgan kelişuvlar özbekistonlik işlab çiqaruvçilarning Xitoy korxonalari va tarmoq körgazmalari taşkilotçilari bilan töğridan-töğri aloqalarini rivojlantirişni nazarda tutadi.
Bu işlab çiqariş kooperatsiyasi va qöşma investitsiya taşabbuslarini tayyorlaş uçun qöşimça imkoniyatlar yaratişi kutilmoqda.
Hamkorlikning istiqbolli yönalişlaridan biri sifatida Xitoyning Çjeszyan provinsiyasida joylaşgan Venlin şahri tilga olindi.
Uşbu şahar poyabzal, jumladan, bolalar poyabzali işlab çiqariş va eksport qiliş böyiça yirik markaz hisoblanadi.
Keltirilgan ma’lumotlarga köra, şaharda poyabzal sanoati bilan boğliq 6 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritadi.