Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — BMB HOLDING va Taşkent International University talabalar uçun işlab çiqariş amaliyoti va stajirovkalarni taşkil etiş, şuningdek, qöşma ta’lim va tadqiqot loyihalarini amalga oşirişni nazarda tutuvçi hamkorlik memorandumini imzoladi.
Hujjat 26 noyabr kuni BMB HOLDING Ta’sisçilar kengaşi raisi Bekzod Mamatqulov va universitet rektori Iskandar Yuldaşev tomonidan imzolandi.
Kelişuv ta’lim tizimi va işlab çiqariş sektori örtasidagi uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantiriş, malakali mutaxassislar tayyorlaş hamda talabalarning kasbiy imkoniyatlarini kengaytirişga qaratilgan.
Hamkorlik doirasida BMB HOLDING universitet talabalariga xolding tarkibidagi korxona va taşkilotlarda işlab çiqariş amaliyoti hamda stajirovkalardan ötiş imkoniyatini taqdim etadi. Şuningdek, dual ta’lim dasturlari doirasida amaliy tajriba orttiriş ham nazarda tutilgan.
Tomonlar xolding mutaxassislari va ekspertlarini ta’lim jarayoniga jalb qiliş, ilmiy-tadqiqot işlarini ötkazişga kömaklaşiş, şuningdek, innovatsion taşabbuslar va startap loyihalarini qöllab-quvvatlaş niyatida.
Uçraşuvda iqtidorli talabalarni qöllab-quvvatlaş çoralari, jumladan, BMB HOLDING grantlarini ta’sis etiş imkoniyati muhokama qilindi. Bundan taşqari, amaliyot va stajirovka davomida öz qobiliyatini namoyon etgan bitiruvçilar hamda yoş mutaxassislarni işga joylaştiriş istiqbollari körib çiqildi.
Ta’lim dasturlarini mehnat bozori talablariga moslaştiriş masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Uçraşuv iştirokçilari universitet professor-öqituvçilarini jalb etgan holda ilmiy, tahliliy va konsalting xizmatlarini körsatiş imkoniyatlarini ham muhokama qildi.
Hamkorlikning boşqa yönalişlari qatorida qöşma seminarlar, treninglar va konferensiyalar ötkaziş ham belgilangan.
Memorandum universitet ta’limi va işlab çiqariş örtasidagi aloqalarni mustahkamlaş, şuningdek, talabalarning kasbiy tajriba orttirişi va keyinçalik işga joylaşişi uçun imkoniyatlarini kengaytirişga xizmat qilişi kutilmoqda.