Özbekiston

Qirğizistondagi yonğinda ikki nafar özbekistonlik halok böldi

Qirğizistondagi yonğinda ikki nafar özbekistonlik halok böldi
Qirğizistondagi yonğinda ikki nafar özbekistonlik halok böldi / Foto: Özbekiston Taşqi işlar vazirligi.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Qirğizistonning Jalolobod viloyatidagi Manas şahrida qurilayotgan restoran binosida sodir bölgan yonğin oqibatida Özbekistonning ikki nafar fuqarosi halok böldi. Yana bir özbekistonlik oğir jarohat oldi. Bu haqda Özbekiston Taşqi işlar vazirligi matbuot kotibi Omonulla Fayziyev ma’lum qildi.

Yonğin 22 noyabr kuni keçqurun quriliş işlari olib borilayotgan ikki qavatli binoda sodir bölgan. Halok bölganlar 1986 va 1988 yillarda tuğilgan I. A. hamda B. B. ismli Özbekiston fuqarolari bölib, ular mazkur obyekt qurilişida işlagan.

Dastlabki ma’lumotlarga köra, ularning ölimiga tutundan zaharlaniş sabab bölgan bölişi mumkin.

1999 yilda tuğilgan yana bir Özbekiston fuqarosi A. A. viloyat klinik şifoxonasining jonlantiriş bölimiga yotqizilgan. Uning ahvoli oğir deb baholanmoqda.

Yonğinning kelib çiqiş sabablari va holatlarini Qirğiziston Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda mahalliy hokimiyat organlari aniqlamoqda.

Vaziyat Özbekistonning Öş şahridagi Boş konsulxonasi nazoratida. Diplomatik vakolatxona halok bölganlar va jabrlangan fuqaroning yaqinlari bilan aloqa örnatgan.

Ayni paytda halok bölganlarning jasadlarini Özbekistonga olib keliş çoralari körilmoqda.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.