7
Turizm

Özbekiston turizm eksportini 10 milliard dollarga yetkaziş maqsadini qöydi

Özbekiston turizm eksportini 10 milliard dollarga yetkaziş maqsadini qöydi
Özbekiston turizm eksportini 10 milliard dollarga yetkaziş maqsadini qöydi / Foto: Özbekiston Prezidenti matbuot xizmati.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Prezident Şavkat Mirziyoyev turizm sohasida amalga oşirilayotgan işlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar hamda Buxoro viloyatidagi yirik loyihalar yuzasidan taqdimot bilan tanişdi.

Davlatimiz rahbarining Buxoro viloyatiga taşrifi davomida madaniy meros obyektlarini restavratsiya qiliş, tarixiy şaharning öziga xos qiyofasini saqlaş va sayyohlar uçun jozibadorligini oşiriş böyiça qator vazifalar belgilangan edi.

Taqdimotda Buxoro şahrining tarixiy markazini rivojlantiriş böyiça master-reja, me’moriy yodgorliklarni asrab-avaylaş, ulardan samarali foydalaniş hamda zamonaviy madaniy va turizm infratuzilmasini şakllantirişga qaratilgan loyihalar körib çiqildi.

Xususan, Ark muzey-qöriqxonasida restavratsiya işlarini amalga oşiriş va muzey ekspozitsiyalarini zamonaviy talablar asosida taşkil etiş, “Qöş madrasa” me’moriy ansamblini tiklaş, Buxoro musiqali drama teatrini rekonstruksiya qiliş, Somoniylar boğini obodonlaştiriş böyiça takliflar taqdimot qilindi.

Jadidlar merosi davlat muzeyi va Buxoro davlat san’at muzeyini taşkil etiş, ularda tarixiy muhit bilan uyğunlaşgan holda zamonaviy körgazma maydonlarini yaratiş rejalari haqida axborot berildi.

Buxoroning tarixiy markazida savdo va xizmat körsatiş obyektlarini yagona me’moriy uslub asosida tartibga keltiriş, piyodalar uçun qulay muhit yaratiş, bu boradagi barça işlarni UNESCO talablariga muvofiq amalga oşiriş nazarda tutilmoqda.

2027-yilda ikkinçi Buxoro xalqaro biyennalesini ötkaziş konsepsiyasi ham körib çiqildi. Uning doirasida Somoniylar boğidan Ark qal’asi va Poyi Kalon majmuasi orqali Labi Hovuz ansambligaça bölgan tarixiy obidalar, körgazma va jamoat maydonlarini birlaştiruvçi 2,3 kilometrlik yagona madaniy sayr yönalişini şakllantiriş közda tutilgan.

Şuningdek, AQŞ va Koreya Respublikasi taşkilotlari bilan hamkorlikda madaniy meros obyektlarini raqamlaştiriş, ularning uç ölçamli modellarini yaratiş, arxeologik aşyolarni muhofaza qiliş va soha mutaxassislarining malakasini oşiriş böyiça amalga oşirilayotgan loyihalar haqida axborot berildi.

Taqdimotda yurtimizda turizm sohasini rivojlantiriş borasida erişilgan natijalar va navbatdagi vazifalar atrofliça muhokama qilindi.

Joriy yilning ön oyida Özbekistonga 11,6 million nafar xorijlik sayyoh taşrif buyurdi. Bu ötgan yilning mos davriga nisbatan 20 foizga köp bölib, qariyb bir yillik körsatkiçga teng. Turizm xizmatlari eksporti 1,5 barobar oşib, 6,1 milliard dollarga yetdi. Sayyohlarning mamlakatimizdagi örtaça xarajatlari 26 foizga köpaydi.

2030-yilga qadar yurtimizga taşrif buyuruvçi xorijlik sayyohlar sonini yiliga 20 million nafarga, turizm xizmatlari eksportini 10 milliard dollarga, sohada band aholi sonini 2 million nafarga yetkaziş hamda turizmning yalpi içki mahsulotdagi uluşini 7 foizga oşiriş maqsad qilingan.

Davlatimiz rahbarining topşiriğiga muvofiq, mas’ullar hududlarda turizm sohasida faoliyat yuritayotgan 2 mingdan ortiq tadbirkor bilan uçraşib, ularning muammo va takliflarini örgandi.

Xususan, turistik hududlarda elektr energiyasi quvvatlarining yetişmasligi, elektr va gaz uçun oldindan tölovlar miqdorining yuqoriligi, mehmonxonalarda valyuta ayirboşlaş xizmatlaridan foydalaniş imkoniyatlarining çeklangani, toğli joylarda sayyohlarni avtobus va mikroavtobuslarda taşiş bilan boğliq masalalar kötarilgan.

Tadbirkorlar tomonidan muqobil energiya manbalaridan foydalanişni rağbatlantiriş, kredit olişda kafillik beriş, yer uçastkalari uçun tölovlarni bölib-bölib amalga oşiriş, mehmonxona biznesi va köngiloçar xizmatlarni rivojlantirişga qöşimça imtiyozlar joriy etiş böyiça takliflar bildirilgan.

Prezidentimiz mutasaddilar oldiga tadbirkorlar kötargan har bir masalani çuqur örganib, ularning aniq yeçimlarini işlab çiqiş vazifasini qöydi.

Turistlar oqimining asosan an’anaviy sayyohlik markazlarida jamlanayotgani mavjud infratuzilmaga ortiqça yuklama tuşişiga sabab bölmoqda. Şu bois, turizm geografiyasini kengaytiriş, hududlarning öziga xos imkoniyatlaridan kelib çiqib, yangi turmahsulotlarni şakllantirişga alohida e’tibor qaratildi.

Ekologik, etnografik, agrar, gastronomik, ekstremal, tibbiy, işbilarmonlik va kinoturizm kabi istiqbolli yönalişlarni rivojlantiriş, ular uçun zarur infratuzilmani yaratiş va malakali mutaxassislar tayyorlaş böyiça takliflar körib çiqildi.

“Bir mahalla – bir turmahsulot” tamoyili asosida mahalla va qişloqlarni turistik yönalişlarga kiritiş, sayyohlarni mahalliy aholining turmuş tarzi, milliy urf-odatlar, hunarmandçilik va pazandalik an’analari bilan yaqindan taniştiriş orqali aholi uçun qöşimça daromad manbalarini yaratiş nazarda tutilmoqda.

Hududlarning turizm salohiyatini master-rejalar asosida rivojlantiriş işlari haqida ham axborot berildi. 2026-2027-yillarda jami 34 ta master-reja işlab çiqiş belgilangan bölib, bugungi kunga qadar ularning 13 tasi tayyorlangan.

Jumladan, Nurota tumanidagi qadimiy Koriz suv inşooti negizida oçiq osmon ostidagi muzey va dam oliş maskanini barpo etiş, Namanganda gulçilik turizmini rivojlantiriş, sanatoriy-kurort hududlarini kompleks obodonlaştiriş böyiça loyihalar taqdimot qilindi.

Tödaköl turizm-rekreatsiya zonasini rivojlantiriş konsepsiyasi körib çiqildi. Unda hududning tabiiy landşafti bilan uyğunlaşgan mehmonxonalar, dam oliş va soğlomlaştiriş maskanlari, ekoturizm obyektlari hamda suv böyida zamonaviy turistik infratuzilmani barpo etiş közda tutilgan.

Yangi turizm loyihalarini amalga oşiriş uçun 5 ming gektar yer maydonini auksion savdolariga çiqariş, 2030-yilga qadar turizm infratuzilmasini rivojlantirişga 3,1 trillion söm yönaltiriş rejalaştirilgan.

Şuningdek, Turizm loyihalarini qöllab-quvvatlaş jamğarmasini taşkil etib, unga kelgusi yilda 100 milliard söm ajratiş nazarda tutilmoqda.

Jamğarma mablağlari hisobidan sayyohlarni jalb etuvçi yangi maskanlarni barpo etiş, tadbirkorlarga imtiyozli kreditlar ajratiş, kredit foizlarining bir qismini kompensatsiya qiliş va zamonaviy köngiloçar xizmatlarni yölga qöyişni subsidiyalaş taklif etildi.

Mamlakatimizning sayyohlik salohiyatini xalqaro miqyosda keng tarğib qiliş, ustuvor taşqi bozorlarda maqsadli marketing kampaniyalarini ötkaziş, yetakçi xorijiy turoperatorlar va raqamli platformalar bilan hamkorlikni kengaytiriş çora-tadbirlari köriladi.

Bunda xalqaro aviaqatnovlar geografiyasini kengaytiriş, hududlar örtasidagi transport aloqalarini yaxşilaş, mehmonxonalar, umumiy ovqatlaniş va ekskursiya xizmatlarining sifatini xalqaro standartlar asosida oşiriş muhim ahamiyatga ega ekani qayd etildi.

Yirik xalqaro anjuman va forumlarni ötkaziş muddatlarini rejalaştirişda turizm mavsumlarini inobatga oliş zarurligiga alohida e’tibor qaratildi. Turizm qömitasiga vazirlik va idoralar bilan birgalikda mazkur tadbirlarni sayyohlar oqimi nisbatan kam bölgan davrlarga qayta taqsimlaş topşirildi.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.