Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Andijon viloyatida umumiy dastlabki qiymati 100 million söm bölgan 22 250 dona pirotexnika buyumini noqonuniy saqlaş holatiga çek qöyildi.
Tezkor tadbir Andijon viloyati bojxona boşqarmasining şaxsiy xavfsizlik guruhi va kontrabandaga qarşi kuraşiş bölimi xodimlari tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati hamda içki işlar organlari bölinmalari bilan hamkorlikda ötkazildi.
Tekşiruv Baliqçi tumanidagi xonadonlardan birida amalga oşirildi. U yerda noqonuniy saqlanayotgan pirotexnika buyumlari aniqlandi.
Musodara qilingan mahsulotlar orasida beşta karton qutiga joylangan «7 ŞOTS» nomli 250 dona buyum bor. Şuningdek, “Britanik” va “Petards” markalaridagi 22 ming dona buyum bitta qopda, 40 ta blokka qadoqlangan holda saqlangan.
Uşbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.