Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Yangi Toşkentda umumiy qiymati 7,18 mlrd dollarni taşkil etuvçi 20 ta yirik investitsiya loyihasi işlab çiqilmoqda.
Ularni amalga oşiriş uçun hukumat maxsus şart-şaroitlarni, jumladan, soliq va bojxona imtiyozlarini, şuningdek, yer uçastkalarini taqdim etişning yangi mexanizmlarini nazarda tutgan.
Yirik şaharsozlik loyihalarini qöllab-quvvatlaş çoralari 27 noyabr kuni Toşkentda 2026 yil 10 noyabrdagi PF-243-son Prezident farmoni ijrosiga bağişlangan matbuot anjumanida muhokama qilindi. Bu haqda Özbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi xabar berdi.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining birinçi örinbosari Saidqahhor Xolxöjayevning ma’lum qilişiça, hujjat investorlar bilan «davlat — investitsiyaviy hamkor» tamoyili asosida işlaş modelini joriy etadi. U loyihalarni yer ajratişdan tortib, obyektlarni foydalanişga topşirişgaça bölgan barça bosqiçlarda qöllab-quvvatlaş, şuningdek, ma’muriy tösiqlarni bartaraf etişni nazarda tutadi.
«Tartibga soliş qumdoni» maxsus huquqiy rejimi Yangi Toşkent va Samarqanddagi “Şirin” massivida amal qiladi. U qiymati 50 mln dollardan boşlanadigan şaharsozlik loyihalarining töqqizta toifasiga tatbiq etiladi.
Ular qatoriga baland qavatli binolar, mehmonxona va biznes majmualari, savdo markazlari, tematik parklar, kurortlar, şuningdek, ta’lim, tibbiyot, madaniyat, sport va infratuzilma obyektlari kiradi. Ayrim xalqaro mehmonxona brendlari uçun minimal investitsiya miqdori böyiça talabdan istisno nazarda tutilgan.
Qöllab-quvvatlaş mexanizmlaridan biri sifatida qurilişga tayyorlangan, muhandislik tarmoqlariga ulanişning texnik şartlari oldindan belgilangan yer uçastkalarini taqdim etiş közda tutilgan. Oçiq auksionlardan taşqari, investorlarning taşabbuskorlik takliflari asosida raqobatli tanlov ötkaziş imkonini beruvçi Swiss Çallenge mexanizmi ham joriy etilmoqda.
Investitsiyalar hajmiga qarab, yer uçastkasining boşlanğiç qiymati bir kvadrat metr uçun 1 dollargaça pasaytirilişi mumkin. Bönak tölovi 10 foizgaça qisqartiriladi, qolgan summani esa quriliş muddati doirasida yetti yil davomida foizsiz tölaş mumkin böladi.
Obyekt foydalanişga topşirilganidan keyin investor qonunda nazarda tutilgan hollarda yer uçastkasini mulk qilib rasmiylaştirişi yoki 49 yilgaça muddatga ijara huquqini olişi mumkin. Ijara muddatini uzaytiriş imkoniyati ham mavjud. Bunda yer uçun qöşimça tölov undirilmaydi. Infratuzilma xarajatlari bir yöla tölangan taqdirda esa 20 foiz çegirma beriladi.
50 mln dollardan boşlab investitsiya kiritiladigan loyihalar uçun 20 yil muddatga yer soliği va mol-mulk soliğidan ozod qiliş belgilangan. Obyektlarni sotiş va ijaraga berişdan olinadigan foyda soliği stavkasi töğridan-töğri investitsiyalar hajmiga qarab, beş yildan 15 yilgaça bölgan davr uçun 1 foizni taşkil etadi.
2040 yil 1 yanvarga qadar Özbekistonda qayta investitsiya qilinadigan dividendlar soliqqa tortilmaydi. Mehmonxonalar qurilişida investorlarga subsidiyalar ham beriladi: uç yulduzli mehmonxonalardagi har bir nomer uçun 40 mln söm, tört va beş yulduzli mehmonxonalarda esa 65 mln söm. Xorijiy investorlar uçun qonunçilikdagi salbiy özgarişlardan himoya qiluvçi 10 yillik kafolat ham belgilangan.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi loyihalarni muvofiqlaştiriş böyiça operator etib belgilangan. Har bir investorga şaxsiy menejer biriktiriladi, murojaatlar esa individual raqam berilgan holda raqamli tizimda röyxatga olinadi. Quriliş jarayonini real vaqt rejimida kuzatib boriş rejalaştirilgan.
Şuningdek, investitsiya kelişuvining yangi tahriri tayyorlangan bölib, unda tomonlarning majburiyatlari, investitsiya hajmlari va obyektlarni foydalanişga topşiriş muddatlari mustahkamlanadi. Vazirlik bunday kelişuvlar reyestrini yuritadi va ularning bajarilişi yuzasidan har çorakda hisobot taqdim etadi.
Yangi Toşkentda işlab çiqilayotgan 20 ta loyihadan 11 ta xorijiy davlat investorlari iştirokida amalga oşirilişi rejalaştirilgan 5,8 mlrd dollarlik 12 ta taşabbus örin olgan. Yana 1,37 mlrd dollarlik sakkizta loyihani mahalliy biznes vakillari iştirokida amalga oşiriş közda tutilgan. Loyihalar 339 gektar maydonni qamrab olib, 5,8 mln kvadrat metr köçmas mulk qurilişini nazarda tutadi.
Bundan taşqari, umumiy qiymati 728 mln dollar bölgan 17 ta qöşimça yer uçastkasi auksionlarga tayyorlangan.
Taşqi işlar vazirligi bilan birgalikda 35 ta mamlakatda investitsiya taqdimotlarini ötkaziş jadvali şakllantirilgan. Sentyabr–noyabr oylarida Özbekistonning 19 ta davlatdagi diplomatik vakolatxonalari kömagida muzokaralar, roud-şoular va xorijiy investorlarning taşriflarini öz içiga olgan 108 ta tadbir ötkazildi. Yana 52 ta uçraşuv va taşrif rejalaştirilgan.
Şaharsozlikni moliyalaştiriş manbalarini kengaytiriş maqsadida 2026 yil oxiriga qadar Köçmas mulk investitsiya fondlari (REIT) uçun huquqiy asos yaratişga qaratilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritiş rejalaştirilgan. Şuningdek, davlat köçmas mulki negizida dastlabki investitsiya fondini taşkil etiş va keyinçalik uning aksiyalarini IPO orqali joylaştiriş közda tutilgan.
Yangi Toşkent şahrini barpo etiş direksiyasi direktorining örinbosari Maqsud Abbosxonovning ma’lum qilişiça, şahar qurilişi uçun ajratilgan 20 ming gektar maydondan birinçi bosqiç 6 ming gektarni qamrab oladi. Uşbu hududda umumiy qiymati 50 mlrd dollarlik loyihalarni amalga oşiriş rejalaştirilgan.
Hozirga qadar 2 mlrd dollarlik işlar bajarilgan, qiymati 1 mlrd dollar bölgan yettita obyekt foydalanişga topşirilgan.
18 km avtomobil yöllari qurilgan, muhandislik tarmoqlari yotqizilgan, energetika, ijtimoiy va rekreatsiya infratuzilmasi obyektlari barpo etilgan.
Salohiyatli investorlar uçun maxsus newtaşkent.uz platformasi faoliyat yuritmoqda. Unda mavjud yer uçastkalari va loyihalarni amalga oşiriş şartlari haqida ma’lumot joylaştirilgan, şuningdek, takliflarni elektron şaklda yuboriş imkoniyati yaratilgan.
Bojxona qömitasi raisining örinbosari Nodir Musamuxamedov quriliş davrida taqdim etiladigan bojxona preferensiyalari haqida ma’lumot berdi. Investorlar, pudratçilar va subpudratçilar öz ehtiyojlari uçun texnika, uskunalar, materiallar va jihozlarni olib kirişda bojxona bojlarini tölaşdan ozod etiladi.
Imtiyoz qöllangan holda olib kiriladigan tovarlar qiymati loyiha qiymatiga qarab, investitsiyalar summasining 30–70 foizi bilan çeklangan. Bundan taşqari, boş pudratçilar va loyiha taşkilotlari Özbekistonda faoliyat yuritmaydigan xorijiy kompaniyalardan sotib oladigan xizmatlar QQSdan ozod etiladi.
Loyihalarni amalga oşirişni tezlaştiriş uçun Fast Track mexanizmi nazarda tutilgan. U loyihalaştiriş, xaridlar va quriliş işlarini parallel ravişda olib boriş, jumladan, quriliş işlarini keça-kunduz taşkil etiş imkonini beradi.
Bunday şaroitda bojxona organlari elektron ma’lumot almaşinuvi, xavf-xatarlarni tahlil qiliş va imtiyozlar asosida olib kirilgan tovarlardan belgilangan maqsadlarda foydalanilişini nazorat qiliş mexanizmlarini qöllaydi.
Matbuot anjumani iştirokçilarining sözlariga köra, şunga öxşaş yondaşuvlarni boşqa hududlarda ham qöllaş rejalaştirilgan.
Bunday mexanizmlardan foydalanilayotgan loyihalar qatorida Yangi Qarşidagi şaharsozlik taşabbusi va Parkent tumanidagi “Qumuşkon” yil davomida faoliyat yurituvçi toğ kurorti ham bor.