7
Turizm

Özbekistonda Silk Road Tourism Awards mukofoti ğoliblari e’lon qilindi

Özbekistonda Silk Road Tourism Awards mukofoti ğoliblari e’lon qilindi
Özbekistonda Silk Road Tourism Awards mukofoti ğoliblari e’lon qilindi / Foto: Özbekiston Turizm qömitasi.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekistonda turizm sohasini rivojlantirişga qöşgan hissasi uçun beriladigan Silk Road Tourism Awards 2026 mukofoti ğoliblari e’lon qilindi. Bu haqda Özbekiston Turizm qömitasi xabar berdi.

Taqdirlaş marosimi 27 noyabr kuni «Ipak yölida turizm» nomli 31-Toşkent xalqaro turistik yarmarkasi doirasida bölib ötdi. Ğoliblar töqqizta nominatsiya böyiça aniqlandi.

Centrum Air aviakompaniyasi turistik logistika sohasidagi eng faol transport taşkiloti sifatida taqdirlandi.

InterContinental Hotel Taşkent xalqaro bronlaş platformalarida eng yuqori reytingga ega mehmonxona deb topildi.

Silk Road Empire Hotel mehmondöstlik va xizmat körsatiş sohasidagi yetakçi mehmonxona nomiga sazovor böldi.

Oilaviy mehmon uylari orasida xorijiy sayyohlarni qabul qiliş böyiça eng faol deb topilgan Jahongir Guest House e’tirof etildi. Grand Nursultan Guest House esa xalqaro bronlaş platformalaridagi eng yuqori reytingi uçun mukofotlandi.

Sanatoriylar nominatsiyasida xorijiy sayyohlarni faol qabul qilgani uçun “Matlubotçi” ğolib deb topildi. “Afsona” restorani esa «Özbekiston ta’mi — sayyohlar tanlovi» mukofotiga sazovor böldi.

Eng faol va kreativ gid unvoni Nuriddin Ahmedovga berildi.

Yilning eng istiqbolli turistik manzili sifatida Qoraqalpoğistondagi Sudoçye köllari tizimi e’tirof etildi.

Taşkilotçilar ma’lumotiga köra, mukofot turizm sohasidagi yutuqlarni e’tirof etiş, xizmatlar sifatini oşiriş va yangi turistik yönalişlarni tarğib qilişga qaratilgan.

 

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.