Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston Senati respublika bilan hamkorlikni rivojlantirişga salmoqli hissa qöşgan xorijiy fuqarolar uçun «Özbekiston ehtiromi» ordenini ta’sis etiş töğrisidagi qonunni ma’qulladi.
Hujjat parlament yuqori palatasining 21-yalpi majlisida körib çiqildi.
Yangi davlat mukofoti ikki darajadan iborat böladi: eng yuqori daraja — «Oliy darajali Özbekiston ehtiromi» va «Özbekiston ehtiromi» ordeni.
Eng yuqori daraja bilan xorijiy davlatlar va hukumatlar rahbarlari, xalqaro taşkilotlar rahbarlari, şuningdek, xorijiy davlatlarning taniqli davlat va jamoat arboblarini mukofotlaş nazarda tutilgan. Bunda ularning Özbekiston oldidagi alohida xizmatlari hamda uşbu xizmatlarning yuksak e’tirof etilgani asos böladi.
Ordenning ikkinçi darajasi bilan xorijiy davlat va jamoat arboblari, yirik kompaniyalar rahbarlari, Özbekistondagi xorijiy davlatlar elçilari, xalqaro taşkilotlar vakillari hamda boşqa xorijiy fuqarolar taqdirlanişi mumkin.
Mukofot Özbekistonning xalqaro nufuzini mustahkamlaşga, turli sohalardagi aloqalarni rivojlantirişga kömaklaşayotgan şaxslarga möljallangan.
Qonunda, şuningdek, orden bilan taqdirlaş tartibi belgilangan, uning nizomi va tavsifi tasdiqlangan. Bundan taşqari, hujjat «Davlat mukofotlari töğrisida»gi qonunga tegişli özgartirişlar kiritişni ham nazarda tutadi.
Muhokama davomida ta’kidlanganidek, mazkur taşabbus Özbekistonning taşqi siyosiy aloqalarini rivojlantiriş, xorijiy davlatlar va xalqaro taşkilotlar bilan hamkorlikni kengaytiriş bilan boğliq.
Senatorlarning baholaşiça, ordenning ta’sis etilişi şeriklik munosabatlarini mustahkamlaş, iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni kengaytiriş hamda mamlakatning xalqaro nufuzini oşirişga xizmat qiladi.