Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston turoperatorlari Toşkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazi va Samarqanddagi Imom Buxoriy majmuasiga taşrif buyuradigan xorijiy sayyohlar uçun kiriş çiptalariga 15 foiz çegirma olişlari mumkin. Bu haqda Özbekiston Turizm qömitasi xabar berdi.
Tegişli memorandum Turizm qömitasi va Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan Toşkent xalqaro turistik yarmarkasi doirasida imzolandi.
Imzolaş marosimida Turizm qömitasi raisi Abdulaziz Akkulov va Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov, şuningdek, turistik kompaniyalar va soha vakillari iştirok etdi.
Hujjatga muvofiq, litsenziyaga ega turoperatorlar tuzilgan şartnomalar asosida xorijiy sayyohlar uçun çiptalarga çegirma olişlari mumkin. Imtiyoz kalendar yil davomida har ikki obyektga taşrif buyurişga tatbiq etiladi.
Memorandumda çiptalar narxi haqida xabardor qiliş tartibi ham belgilangan. Turizm qömitasi va turoperatorlar narxlar özgarişi töğrisida kamida beş oy oldin xabardor qilinişi kerak.
Kiriş çiptalari narxi oşirilgan taqdirda ham turoperatorlar bilan tuzilgan şartnomalarda belgilangan narxlar tegişli kelişuvlarning amal qiliş muddati tugaguniga qadar özgarişsiz qoladi.
Abdulaziz Akkulovning sözlariga köra, bunday şartlar kompaniyalarga turistik paketlarni oldindan şakllantiriş va xarajatlarni rejalaştiriş imkonini beradi. Bu esa xalqaro bozorda yana-da raqobatbardoş turistik mahsulotlarni taklif qilişga yordam berişi kutilmoqda.
Firdavs Abduxoliqov Markaz faoliyati va erişilgan kelişuvlarning ahamiyati haqida ma’lumot berdi.
Toşkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazi 2026 yil 17 mart kuni rasman oçilgan. Şu yilning 13 aprel kuni u «Islom sivilizatsiyasining eng yirik muzeyi» nominatsiyasida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan.
Memorandumning asosiy maqsadi turistik kompaniyalar uçun qöşimça şaroitlar yaratiş orqali uşbu obyektlarga taşrif buyuradigan xorijiy sayyohlar sonini köpaytirişdan iborat.
Turizm qömitasi turoperatorlarni hujjatda nazarda tutilgan imkoniyatlardan foydalanişga çaqirdi.