Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston 23 noyabr kuni CEOWORLD Magazine naşri tomonidan e’lon qilingan Travel Safety Ranking 2027 reytingida sayyohlar uçun xavfsizlik darajasi juda yuqori bölgan mamlakatlar qatoriga kirdi. Mamlakat 198 ta davlat va hudud orasida 100 ballik tizimda 81,03 ball töplab, 27-örinni egalladi hamda Markaziy Osiyo davlatlari orasida birinçi böldi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Turizm qömitasi xabar berdi.
Özbekiston xavfsizlik darajasi eng yuqori bölgan mamlakatlarni qamrab oluvçi Very High toifasiga kiritildi. Qömita ma’lumotlariga köra, baholaşda mamlakatdagi tinçlik va barqarorlik, jamoat tartibi hamda içki osoyiştalik hisobga olingan. Qömita, şuningdek, 2026 yilgi Global Peace Index reytingida ham Özbekiston tinç mamlakatlar qatoriga kiritilganini ta’kidladi.
Markaziy Osiyoning boşqa davlatlari ham yuqori baholarga ega böldi, biroq reytingda Özbekistondan keyingi örinlarni egalladi. Qozoğiston 44-örinni (76,87 ball), Turkmaniston 57-örinni (72,45 ball), Qirğiziston 65-örinni (70,3 ball), Tojikiston esa 73-örinni (68,11 ball) qayd etdi.
Özbekiston bir qator yirik sayyohlik yönalişlaridan ham yuqori örinni egalladi. Avstraliya 29-örinni (80,76 ball), Kanada 34-örinni (80,41 ball), Germaniya 67-örinni (70,16 ball), Buyuk Britaniya 76-örinni (67,42 ball), AQŞ 87-örinni (64,45 ball), Fransiya esa 105-örinni (60,96 ball) egalladi. Özbekiston, Avstraliya va Kanada natijalari örtasidagi farq atigi 0,62 ballni taşkil etdi.
CEOWORLD Magazine — xalqaro biznes, iqtisodiyot, moliya, texnologiyalar va sayohat mavzulariga ixtisoslaşgan ingliz tilidagi onlayn naşr. Qömita ma’lumotlariga köra, naşr auditoriyasi 180 dan ortiq mamlakatdagi 12,4 milliondan ziyod öquvçini qamrab oladi.
Avvalroq AQŞ Davlat departamenti özining sayohatçilar uçun tavsiyalar berişga möljallangan tört darajali tizimida Özbekistonga birinçi daraja — Exercise Normal Precautions maqomini bergan edi. Bu xavfsizlikka oid xatarlar minimal ekanini va odatiy ehtiyot çoralariga rioya qilgan holda mamlakatga sayohat qiliş mumkinligini anglatadi.
Ikkinçi daraja — Exercise Increased Caution yuqori darajada ehtiyotkorlik körsatişni tavsiya etadi. Uçinçi daraja — Reconsider Travel sayohat rejalarini qayta körib çiqişga çaqiradi. Törtinçi daraja — Do Not Travel esa safardan voz keçiş tavsiyasini anglatadi.