Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston Senatida muddatli harbiy xizmatni ötayotgan harbiy xizmatçilarni kasb-hunarga öqitiş, oliy ta’lim muassasalariga kirişga tayyorlaş va ularga ta’lim kreditlari ajratiş çoralari muhokama qilindi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Masala 24 noyabr kuni Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari hamda Fan, ta’lim va soğliqni saqlaş masalalari qömitalari qöşma majlisida körib çiqildi. Muhokama Şarqiy harbiy okrug harbiy xizmatçilari uçun yaratilgan şaroitlarga bağişlandi.
Uşbu yönalişdagi işlar 2026 yil 7 apreldagi PQ-134-son Prezident qarori ijrosi doirasida baholandi.
Mazkur hujjat muddatli harbiy xizmatni ötayotgan yoşlarning ta’lim olişi, kasbiy malakasini oşirişi va xizmatni tugatganidan keyin işga joylaşişi uçun qöllab-quvvatlaş mexanizmlarini nazarda tutadi.
Vaziyatni dastlabki örganiş işlari 2–5 noyabr kunlari respublika işçi guruhi tomonidan amalga oşirildi. Uning tarkibiga Senatning tegişli qömitalari, vazirlik va idoralar vakillari kiritildi. Iqtisodiyot va moliya vazirligidan Mudofaa majmuasi hamda huquqni muhofaza qiluvçi organlarda byudjet siyosati boşqarmasi boşliği örinbosari Azam Boboyev iştirok etdi.
Qarorda nazarda tutilgan çoralardan biri muddatli harbiy xizmatni ötaş davrida oliy ta’lim muassasalariga tölov-kontrakt asosida öqişga qabul qilingan harbiy xizmatçilarga ta’lim kreditlari ajratişdir. Öqişning birinçi yili uçun kredit Ta’lim kreditini moliyalaştiriş jamğarmasi mablağlari hisobidan ajratilişi rejalaştirilgan.
Majlisda Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qömitasi raisi Qutbiddin Nuritdinoviç Burxonov kiriş sözi bilan çiqdi. Mudofaa vazirligi va boşqa tegişli idoralar vakillari amalga oşirilgan işlar, mavjud imkoniyatlar va dolzarb masalalar yuzasidan ma’lumot berdi.
Azam Boboyev ta’lim kreditlarini ajratişning amaldagi tartibi haqida söz yuritdi. U Prezidentning 2024 yil 27 maydagi PF-82-son farmoniga muvofiq, bunday kreditlar oliy va professional ta’lim taşkilotlarining kunduzgi ta’lim şaklida tahsil olayotgan talabalari va öquvçilariga ajratilişini eslatdi.
Şuningdek, majlisda arizalarni elektron şaklda topşiriş mexanizmlari körib çiqildi. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Markaziy bank bilan birgalikda 2024/2025 öquv yili boşlanguniga qadar «Ta’lim krediti» axborot tizimi va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ariza topşiriş imkoniyatini yaratgan.
Hozirgi vaqtda fuqarolar ta’lim krediti oliş uçun talim-krediti.mf.uz axborot tizimi, my.gov.uz portali yoki töğridan-töğri tijorat banklariga murojaat qilişlari mumkin.
Vazirlik vakili joriy yilda harbiy xizmatçilardan axborot tizimi orqali kelib tuşgan ta’lim kreditlari böyiça arizalar va ularni körib çiqiş jarayoni haqidagi ma’lumotlarni ham taqdim etdi.
U kredit ajratiş jarayonida yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etiş va belgilangan vazifalarni yana-da samarali bajariş böyiça çoralarni taklif qildi.