7
Özbekiston

Senat davlat sirlarini himoya qilişga oid tuzatişlarni ma’qulladi

Senat davlat sirlarini himoya qilişga oid tuzatişlarni ma’qulladi
Senat davlat sirlarini himoya qilişga oid tuzatişlarni ma’qulladi / Foto: Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston Senati davlat sirlarini himoya qiliş va kiberxavfsizlik masalalarini tartibga soluvçi qonunçilikka kiritilgan özgartirişlarni ma’qulladi.

Qonun parlament yuqori palatasining 21-yalpi majlisida körib çiqildi. U «Litsenziyalaş, ruxsat beriş va xabardor qiliş tartib-taomillari töğrisida»gi qonunning 1-moddasiga qöşimça va özgartirişlar kiritişni nazarda tutadi.

Hujjatga muvofiq, mazkur qonunning amal qilişi axborotni himoya qiliş bilan boğliq bir qator yönalişlarga tatbiq etilmaydi. Ular qatoriga axborotlaştiriş obyektlari va muhim axborot infratuzilmasi obyektlarini attestatsiyadan ötkaziş, axborotni himoya qiliş va kiberxavfsizlikni ta’minlaş vositalarini sertifikatlaş, şuningdek, davlat sirlaridan foydalaniş huquqini beriş kiradi.

Muhokama davomida ta’kidlanganidek, davlat boşqaruvi va boşqa muhim sohalarda raqamli texnologiyalardan foydalaniş kölamining kengayişi axborot tizimlarini himoya qiliş, davlat sirlarini muhofaza etiş va kibertahdidlarning oldini oliş ahamiyatini oşirmoqda.

Senatorlarning baholaşiça, kiritilayotgan özgartirişlar tegişli jarayonlarni maxsus qonunçilik asosida tartibga soliş va huquqiy noaniqliklarni bartaraf etiş imkonini beradi.

Şuningdek, özgartirişlar davlat xavfsizligini ta’minlaş mexanizmlarini takomillaştirişga qaratilgan.

 

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.