Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston Milliy urbanizatsiya qömitasi Toşkent şahridagi City Palace mehmonxonasi örnida 41 qavatli mehmonxona quriş taklifini körib çiqişdan oldin şahar infratuzilmasining imkoniyatlarini baholaş zarurligini ma’lum qildi.
Idora ta’kidlaşiça, u investitsiyalar yoki yangi mehmonxona qurilişiga qarşi emas. Asosiy masala — mavjud infratuzilma baland qavatli bino keltirib çiqaradigan qöşimça yuklamani kötara oladimi yoki yöqmi, şunda.
Dastlabki hisob-kitoblarga köra, loyiha şaharsozlik rejasida ruxsat etilgan yetti qavat örniga 41 qavatli bino qurişni nazarda tutadi. Bunda mehmonxona xonalari soni 4,5 barobarga oşadi.
Qömita muhandislik va transport tarmoqlariga tuşişi mumkin bölgan yuklamani ham baholadi.
Jumladan, idora ma’lumotlariga köra, loyiha amalga oşirilişi rejalaştirilgan hududdagi podstansiyalarning zaxira quvvatlari allaqaçon tugagan. Yuklama normativ böyiça 50 foizdan oşmasligi kerak bölgan bir paytda, amaldagi körsatkiç taxminan 70 foizni taşkil etmoqda. Loyiha amalga oşirilsa, yuklama yana kamida 10–15 foizga oşişi mumkin.
Hisob-kitoblarda qayd etilişiça, yangi majmuaga bölgan içimlik suviga ehtiyoj hozirgi körsatkiçdan ikki barobar yuqori böladi.
Mavjud tarmoqlar zarur quvvatning faqat 65 foizini ta’minlay oladi, natijada 35 foizlik taqçillik yuzaga keladi. Töliq suv ta’minotini yölga qöyiş uçun qöşimça infratuzilma quvvatlarini yaratiş talab etiladi.
Transport bilan boğliq vaziyat ham savollarni keltirib çiqarmoqda. Qömita ma’lumotlariga köra, Navoiy va Amir Temur köçalaridagi yöllar tirbandlik avj oladigan soatlarda belgilangan me’yoriy çegaradan 60 foizdan ortiq darajada yuklangan. Yangi obyekt transport oqimiga tuşadigan yuklamani yana 5–6 foizga oşirişi mumkin.
Idora 41 qavatli bino uçun seysmik bardoşlilik, yonğin xavfsizligi, odamlarni evakuatsiya qiliş va şamol yuklamalari böyiça maxsus hisob-kitoblar ötkaziş zarurligini ham alohida ta’kidladi.
Qömita fikriça, loyihani körib çiqişdan oldin uning parametrlarini şaharsozlik rejasi va atrofdagi binolarning qavatlilik darajasiga muvofiqlaştiriş lozim.
Şuningdek, elektr energiyasi, suv ta’minoti, kanalizatsiya va transport uçun qöşimça quvvatlarni yaratiş manbalari, zarur obyektlarni qurişga mas’ul şaxslar hamda ularni amalga oşiriş muddatlari aniqlanişi kerak.
Şundan söng loyiha belgilangan tartibda körib çiqilişi mumkin.
Idora ta’kidlaşiça, bunday yondaşuv poytaxtdagi barça yirik loyihalarga nisbatan qöllanilişi lozim: avvalo, infratuzilmaning imkoniyatlari baholanadi, şundan keyingina qurilişga ruxsat beriş töğrisida qaror qabul qilinadi.