7
Özbekiston

Özbekistonda deputatlar huquqlarini buzganlik uçun javobgarlik kuçaytiriladi

Özbekistonda deputatlar huquqlarini buzganlik uçun javobgarlik kuçaytiriladi
Özbekistonda deputatlar huquqlarini buzganlik uçun javobgarlik kuçaytiriladi / Foto: Oliy Majlis Senati.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi deputatlik va senatorlik faoliyati bilan boğliq talablarni buzganlik uçun javobgarlikni kuçaytiriş töğrisidagi qonun loyihasini uçinçi öqişda qabul qildi. Hujjat Senatga yuborildi.

Taşabbus parlament faoliyatini tartibga soluvçi törtta qonunga, şuningdek, Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga qöşimçalar kiritişni nazarda tutadi.

Xususan, davlat organlari mansabdor şaxslari tomonidan deputatlik va senatorlik sörovlarini körib çiqişning belgilangan muddatlari buzilgan taqdirda, Oliy Majlis palatalari devonlariga sudga murojaat qiliş huquqini beriş taklif etilmoqda.

Şuningdek, palatalar devonlari aybdor mansabdor şaxslarga nisbatan tegişli çoralar köriş haqida Boş prokuraturaga taqdimnomalar kiritiş imkoniyatiga ega böladi.

Bundan taşqari, qonun loyihasida deputatlik va senatorlik faoliyati kafolatlarini buzganlik uçun ma’muriy javobgarlikni kuçaytiriş nazarda tutilgan.

Buning uçun Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 193-moddasini ikkinçi qism bilan töldiriş taklif etilmoqda. Unga muvofiq, bunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo qöllanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan taqdirda, yetti baravardan 15 baravargaça bazaviy hisoblaş miqdorida jarima belgilanadi.

Taşabbus mualliflari uşbu özgartişlar parlament sörovlarini öz vaqtida körib çiqiş uçun mansabdor şaxslarning mas’uliyatini oşirişga hamda tegişli qonunçilik talablariga rioya etilişi ustidan nazoratni kuçaytirişga xizmat qiladi, deb hisoblamoqda.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.