Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston Hisob palatasi birinçi marta Jahon banki dasturining moliyaviy auditini xalqaro auditorlik taşkiloti bilan hamkorlikda ötkazdi. Bank vakillari iş natijalarini yuqori baholadi. Bu haqda Hisob palatasi xabar berdi.
Bu haqda 25 noyabr kuni idorada Jahon banki missiyasi bilan bölib ötgan uçraşuvda söz bordi. Missiyaga moliyaviy boşqaruv böyiça yetakçi mutaxassis Arman Vatyan rahbarlik qildi.
Muzokaralar davomida Hisob palatasi xalqaro standartlar asosida xulosalar beradigan professional auditorlik organiga aylangani ta’kidlandi.
Tomonlar samaradorlik auditi böyiça pilot loyihalarni boşlaşga kelişib oldi. Şuningdek, Hisob palatasini Jahon banki tomonidan maqbul deb topilgan auditorlar röyxatiga kiritiş rejalaştirilmoqda.
Hamkorlikning yana bir yönalişi natijaga yönaltirilgan moliyalaştiriş dasturlari (Program-for-Results, PforR) böyiça operatsiyalar auditini 2027 yilda davom ettirişdan iborat böladi.