Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston Markaziy banki Janubiy Koreyaning Hana Bank banki vakolatxonasini akkreditatsiyadan ötkazdi. Vakolatxona mahalliy moliya bozorini örganiş, davlat organlari va moliya taşkilotlari bilan hamkorlikni rivojlantiriş bilan şuğullanadi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati xabar berdi.
Vakolatxona bankning Özbekistondagi hamkorlik aloqalarini kengaytiriş maqsadida taşkil etilgan. Dastlabki bosqiçda uning faoliyati mamlakat moliya bozorini örganiş va mahalliy muassasalar bilan aloqalar örnatişga qaratilgan böladi.
Hana Bank Janubiy Koreyaning Hana Financial Group tarkibiga kiradi. 2015 yil 1 sentyabrda bank Korea Exçange Bank bilan birlaşgan.
Hana Bank Janubiy Koreyaning yirik tijorat banklaridan biri hisoblanadi. U jismoniy va yuridik şaxslarga xizmat körsatadi, savdoni moliyalaştiriş bilan şuğullanadi hamda boşqa moliyaviy xizmatlarni taqdim etadi.
Markaziy bank ma’lumotlariga köra, bank dunyoning 27 ta mamlakatida faoliyat yuritadi.
Hana Bank vakolatxonasini akkreditatsiyadan ötkaziş 17 noyabr kuni Özbekistonda xorijiy kredit taşkilotiga nisbatan qabul qilingan ikkinçi şunday qaror böldi. Bundan avval regulyator Fransiyaning Société Générale banki vakolatxonasini oçişni ma’qullagan edi.
Hozirgi vaqtda Özbekistonda Janubiy Koreyaning yana ikki banki — Korea Eximbank va Şinhan Bank vakolatxonalari ham faoliyat yuritmoqda.