Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Toşkentda Turizm sohasidagi birinçi xalqaro investitsiya forumi doirasida işbilarmonlik muhitini yaxşilaş va sohaga investitsiyalar jalb qiliş çora-tadbirlari muhokama qilindi. Bu haqda Özbekiston Turizm qömitasi xabar berdi.
«Turizmga investitsiyalarni jalb qiliş uçun qulay işbilarmonlik muhitini yaratiş» mavzusidagi sessiya 25 noyabr kuni CAEx Uzbekistan körgazma markazida bölib ötdi. Tadbir 31-Toşkent xalqaro «Ipak yölida turizm» turistik yarmarkasi doirasida taşkil etildi.
Asosiy ma’ruzaçilar sifatida Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri örinbosari Akram Aliyev, madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligining xalqaro va ilmiy-sanoat kooperatsiyasi departamenti boşliği Jamoliddin Qudratov iştirok etdi.
Sessiya davomida Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi «Özbekiston — turistik investitsiyalarning yangi markazi» taşabbusini taqdim etdi. Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi investorlarni mahalliy işlab çiqaruvçilar bilan özaro hamkorlikka jalb qilişga möljallangan raqamli platformani namoyiş qildi. Madaniyat vazirligi esa «Madaniyat mehmonxonasi» loyihasini taqdim etdi.
Panel muhokamasida Turizm qömitasi raisi Abdulaziz Akkulov va madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov iştirok etdi. Şuningdek, muhokamalarga BMT Taraqqiyot dasturining Özbekistondagi doimiy vakili Akiko Fudzii hamda Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) vakolatxonasi rahbari Mamoru Sakay ham qöşildi.
Iştirokçilar orasida Turkiya hamkorlik va muvofiqlaştiriş agentligining (TİKA) Toşkentdagi ofisi rahbari Esin Adjar Ergin hamda Indoneziya Prezidentining turizm masalalari böyiça maxsus vakili Zita Anjani ham bor edi.
Muhokamada Xalqaro kongresslar va konferensiyalar assotsiatsiyasining (ICCA) Yevropa böyiça mintaqaviy menejeri Efi Kudeli, IHG Hotels & Resorts kompaniyasining mintaqaviy boş direktori va InterContinental Taşkent mehmonxonasi rahbari Erik Zayler ham sözga çiqdi.
Bundan taşqari, MDH Parlamentlararo assambleyasi Kotibiyatining taşkiliy bölimi boşliği örinbosari va “Sodrujestvo” Travel Hub xalqaro turistik loyihasi rahbari Yuliya Zaykova, şuningdek, «TO YOUR PROJECT» MÇJ boş direktori Tatyana Tyuşeva ham muhokamalarda iştirok etdi.
Sessiya yakunida ma’ruzaçilar iştirokçilarning savollariga javob berdi.