Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston va Xitoyning Çunsin şahri quriliş, şaharsozlik hamda uy-joy kommunal infratuzilmasini rivojlantiriş sohalaridagi hamkorlikni kengaytiriş niyatida. Bu haqda Özbekiston Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligi xabar berdi.
Vazirlikda Çunsin şahrining Fan va texnologiyalar boşqarmasi hamda Çunsin universiteti delegatsiyasi bilan uçraşuv bölib ötdi.
Tomonlar Özbekiston quriliş sohasida Xitoy tajribasi va zamonaviy texnologiyalarini qöllaş imkoniyatlarini muhokama qildi.
Çunsin Xitoyning eng yirik va tez rivojlanayotgan megapolislaridan biri hisoblanadi. Şahar murakkab relyefli toğli hududda joylaşgan bölib, köpriklar, tonnellar va baland binolar quriş borasida katta tajribaga ega.
1929 yilda taşkil etilgan Çunsin universiteti quriliş muhandisligi, arxitektura va şaharsozlik yönalişlaridagi Xitoyning yetakçi ta’lim va ilmiy markazlaridan biri hisoblanadi.
Muzokaralar davomida şaharsozlikni rivojlantiriş, aholini uy-joy bilan ta’minlaş, quriliş jarayonlarini taşkil etiş, şuningdek, işlar xavfsizligi va sifatini nazorat qiliş masalalari muhokama qilindi. Yoş mutaxassislar uçun tajriba almaşiş va ta’lim dasturlarini taşkil etişga ham alohida e’tibor qaratildi.
Hamkorlikning asosiy yönalişlaridan biri sifatida seysmik xavfsizlik belgilandi. Özbekiston hududining katta qismi seysmik faol zonalarda joylaşganini inobatga olgan holda, tomonlar zilzilabardoş binolarni loyihalaş me’yorlari böyiça tajriba almaşiş imkoniyatlarini körib çiqdi.
Şuningdek, kam uglerodli va energiya tejamkor quriliş, quriliş çiqindilarini qayta işlaş, şaharlarning eski hududlarini yangilaş hamda aqlli kommunal infratuzilmani rivojlantiriş masalalari muhokama qilindi.
Uçraşuv iştirokçilari Çunsinning muhandislik standartlarini Özbekistonning milliy şaharsozlik me’yorlari bilan taqqoslaş imkoniyatlarini ham körib çiqdi.
Muzokaralar kun tartibidan Xitoyning texnik innovatsiyalarini qöllaş, qöşma namoyiş loyihalarini amalga oşiriş va ayrim standartlarni özaro tan oliş masalalari ham örin oldi.
Bundan taşqari, Çunsin universiteti, Özbekistonning boşqa ilmiy-tadqiqot muassasalari va ixtisoslaşgan taşkilotlari örtasida muntazam hamkorlikni yölga qöyiş masalasi muhokama qilindi.
Uçraşuv yakunida amaliy loyihalar asosida hamkorlikni davom ettiriş böyiça kelişuvga erişildi.
Kutilişiça, hamkorlik xavfsiz, sifatli va energiya tejamkor uy-joylar quriş, mutaxassislar malakasini oşiriş hamda ilğor xorijiy tajribani joriy etişga xizmat qiladi.