Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston va Gonkong turizm sohasidagi hamkorlikni kengaytiriş hamda özaro turistik almaşinuvlarni faollaştirişga kelişib oldi. Bu haqda Özbekiston Turizm qömitasi xabar berdi.
Kelişuv 2026 yil 25 noyabr kuni Turizm qömitasi raisi Abdulaziz Akkulovning Gonkong Turizm kengaşi (Hong Kong Tourism Board) ijroçi direktori Entoni Lau bilan uçraşuvida erişildi.
Muzokaralar Toşkentda oçilgan «Ipak yölida turizm» 31-Toşkent xalqaro turistik yarmarkasi hamda turizm sohasidagi Birinçi xalqaro investitsiya forumi doirasida bölib ötdi.
Tomonlar Gonkong bozorida Özbekistonning turistik salohiyatini tarğib qiliş, qöşma marketing tadbirlarini ötkaziş va tanişuv safarlarini taşkil etiş masalalarini muhokama qildi. Şuningdek, ikki tomon turistik sohasi vakillari örtasidagi işbilarmonlik aloqalarini mustahkamlaş imkoniyatlari körib çiqildi.
Uçraşuvda Gonkonglik sayyohlarda qiziqiş uyğotişi mumkin bölgan turizm yönalişlarini Özbekistonda rivojlantirişga alohida e’tibor qaratildi. Ular qatorida şoping, gastronomik, köngiloçar, tungi va zamonaviy şahar turizmi yönalişlari qayd etildi.
Muzokaralar yakunida tomonlar muhokama qilingan yönalişlar böyiça amaliy hamkorlikni davom ettiriş va özaro manfaatli aloqalarni kengaytirişga kelişib oldi.