Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Farğona viloyatida McKinsey & Company kompaniyasi vakillari bilan sanoat, eksport va mintaqaviy iqtisodiyotni rivojlantiriş sohalarida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Bu haqda Farğona viloyati hokimligi xabar berdi.
25 noyabr kuni viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Amerikaning konsalting kompaniyasi delegatsiyasini qabul qildi. Unga kompaniyaning katta hamkori va Özbekistondagi faoliyati rahbari Semyon Yakovlev boşçilik qildi.
Uçraşuv davomida tomonlar McKinsey & Company kompaniyasining xalqaro tajribasi, Özbekistondagi faoliyati hamda Farğona viloyati bilan hamkorlik qiliş imkoniyatlarini muhokama qildi.
Xayrullo Bozorov hududning iqtisodiy salohiyati, sanoat va qişloq xöjaligi imkoniyatlari, investitsiyaviy jozibadorligi hamda eksport faoliyati haqida ma’lumot berdi. Şuningdek, u yangi işlab çiqariş quvvatlarini yaratiş, tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş va iqtisodiyot tarmoqlarini kengaytiriş böyiça amalga oşirilayotgan işlar haqida sözlab berdi.
Semyon Yakovlev Özbekistonning sanoat va eksport salohiyatini oşiriş imkoniyatlariga e’tibor qaratdi. Uning ta’kidlaşiça, içki bozor talabini mahalliy işlab çiqariş hisobiga qondiriş, eksport geografiyasini kengaytiriş va istiqbolli tarmoqlarni rivojlantiriş muhim yönalişlar hisoblanadi.
Uçraşuvda raqobatbardoş mahsulotlar işlab çiqariş, ilğor xorijiy texnologiyalarni jalb etiş, mahalliy mutaxassislar malakasini oşiriş va zamonaviy boşqaruv standartlarini joriy qiliş masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.
Şuningdek, energetika va transport-logistika infratuzilmasini rivojlantiriş, Farğona viloyatining asosiy ijtimoiy-iqtisodiy körsatkiçlari hamda 2027 yilda «Yangi Özbekiston qiyofasidagi tuman (şahar)» dasturini amalga oşiriş çora-tadbirlari muhokama qilindi.
Bundan taşqari, hudud sanoatini yangi model asosida rivojlantiriş masalalari körib çiqildi.
Uçraşuv yakunida iştirokçilar hamkorlikning ustuvor yönalişlarini belgilaş, istiqbolli tarmoqlar böyiça tahliliy işlarni amalga oşiriş va amaliy takliflar tayyorlaşga kelişib oldi.
Erişilgan kelişuvlarni mustahkamlaş maqsadida tegişli memorandum tayyorlaş ham rejalaştirilgan.