Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yil oktyabr oyida Özbekiston Markaziy bankining banklararo tölov tizimi orqali jami 2 318,1 trln sömlik 7,83 millionta tölov hujjati ötkazildi. Bu haqda Özbekiston Markaziy banki xabar berdi.
Bir oy davomida tizim jami 7 830 737 ta tölov hujjatini qayta işladi.
Soni böyiça eng katta uluşni tölov topşiriqnomalari taşkil etdi. Ular 5,24 millionta hujjat yoki umumiy hajmning 66,9 foiziga teng böldi. Uşbu tölov topşiriqnomalarining umumiy summasi 986,3 trln sömni taşkil etdi.
Tizim orqali, şuningdek, umumiy summasi 1 330,5 trln sömlik 2,27 millionta memorial order ötkazildi.
Inkasso topşiriqnomalari soni 298,4 mingtani, ularning umumiy summasi esa 1,02 trln sömni taşkil qildi. Bundan taşqari, 171,4 mlrd sömlik 19,2 mingta tölov talabnomasi qayta işlandi.
Şunday qilib, pul ifodasidagi tölovlarning eng katta hajmi memorial orderlar hissasiga töğri kelgan bölsa, hujjatlar soni böyiça tölov topşiriqnomalari yetakçilik qildi.