Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — BMB HOLDING va Saudiya Arabistonining Özbekistondagi elçisi savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytiriş hamda qöşma investitsiya loyihalarini amalga oşiriş istiqbollarini muhokama qildi. Bu haqda BMB HOLDING xabar berdi.
BMB HOLDING ta’sisçilari kengaşi raisi Bekzod Mamatqulovning Saudiya Arabistonining Özbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elçisi Saad Nosir Abdulla Abu Haymed bilan uçraşuvi 25 noyabr kuni bölib ötdi.
Muzokaralar avvalida elçiga xolding faoliyati, uning tarkibiga kiruvçi korxonalar, biznesning asosiy yönalişlari hamda sönggi yillarda amalga oşirilgan yirik investitsiya loyihalari haqida ma’lumot berildi.
Qişloq xöjaligi mahsulotlarini yetiştiriş va çuqur qayta işlaş, eksportni kengaytiriş, agrologistikani, şuningdek, mehmonxona va restoran biznesini rivojlantiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tomonlar Özbekiston va Saudiya Arabistoni örtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlaş, ikki mamlakat tadbirkorlari örtasida töğridan-töğri aloqalar örnatiş hamda özaro manfaatli investitsiya taşabbuslarini amalga oşiriş imkoniyatlarini körib çiqdi.
Muzokaralarning asosiy mavzularidan biri zamonaviy texnologiyalar yordamida çuqur qayta işlangan Özbekiston qişloq xöjaligi mahsulotlarini Saudiya Arabistoni bozoriga eksport qiliş böldi.
Uçraşuv iştirokçilari, şuningdek, ikki mamlakatda qöşma investitsiya loyihalarini işlab çiqiş va amalga oşiriş imkoniyatlari yuzasidan fikr almaşdi.
Istiqbolli yönalişlar qatorida qişloq xöjaligi, oziq-ovqat sanoati, qişloq xöjaligi mahsulotlarini qayta işlaş va logistika qayd etildi.
Tomonlarning baholaşiça, bunday taşabbuslar Özbekiston va Saudiya Arabistonining işlab çiqariş, texnologik va investitsiya imkoniyatlarini birlaştirişga, şuningdek, işbilarmonlik hamkorligining yangi yönalişlarini oçişga xizmat qilişi mumkin.
Konstruktiv ruhda ötgan muzokaralar yakunida tomonlar iqtisodiy hamkorlik salohiyatidan yana-da samarali foydalaniş, muhokama qilingan taşabbuslarni amaliy loyihalarga aylantiriş va ikki mamlakat işbilarmon doiralari örtasidagi şeriklik aloqalarini mustahkamlaş zarurligini ta’kidladi.
Saudiya Arabistoni elçisi muhokama qilingan masalalarni yana-da körib çiqiş maqsadida BMB HOLDING rahbariyatini işçi taşrif bilan Qirollikka taklif qildi.