Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston va Turkiyaning Abdi İbrahim farmatsevtika kompaniyasi farmatsevtika sohasida hamkorlik töğrisidagi kelişuvni imzoladi. Hujjat 19 noyabr kuni Toşkentda Özbekiston — Turkiya biznes-forumi doirasida tuzildi. Bu haqda Özbekiston Tibbiyot va farmatsevtika sanoatini rivojlantiriş agentligi xabar berdi.
Kelişuv imzolanişidan avval agentlik direktori Abdulla Azizov Abdi İbrahim kompaniyasining xalqaro bozorlar böyiça prezidenti Kyoksal Ulgen bilan uçraşdi.
Tomonlar ikki tomonlama hamkorlikni kengaytiriş, Özbekiston farmatsevtika sanoatiga xorijiy tajriba va zamonaviy texnologiyalarni jalb qiliş, şuningdek, investitsiya loyihalarini amalga oşiriş istiqbollarini muhokama qildi.
Imzolangan hujjat farmatsevtika sohasidagi hamkorlikni rivojlantirişga qaratilgan. Hamkorlikning aniq yönalişlarini kelişuv doirasida belgilaş rejalaştirilgan.
Uşbu şeriklik yangi texnologiyalar va işlab çiqariş tajribasini jalb qiliş, şuningdek, Özbekistonda işlab çiqariladigan farmatsevtika mahsulotlarining raqobatbardoşligini oşiriş uçun imkoniyat yaratişi kutilmoqda.